Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik
Download 0.89 Mb.
|
universal qo\'llanma sotuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- A y i q
- Bo`r i
- O`txo`r hayvonlar
- Jira f a
Hayvonot dunyosi-Yovvoyi va yirtqich hayvonlar-yirtqich hayvon o`zidan kuchsiz hayvonlar bilan oziqlanadi,ular go`shtxo`r hayvonlar deb ham ataladi,sher,yo`lbars,ayiq,bo`ri,silovsin,tulki.Urg`ochi sher 2-5 tagacha bolalaydi,bolalari 6 oygacha ona suti bilan oziqlanadi,birgalikda 2 yil yashaydi,erkagi o`z hududini himoyalaydi,ko`proq urg`ochi sher ov qiladi.
Yo`lbars sherdan farqli yakka o`zi hjayot kechiradi,o`rmon,butazor,tog` yonbag`irlarida yashaydi,qisqa masofaga tez yugura oladi,shuning uchun o`ljasini poylab yotib to`satdan hujum qiladi,2-6 tagacha bolalaydi,2 oy sut bilan boqadi,2-3 yil birga yashaydi. Ayiq-oq,qo`ng`ir,qora ayiq,oq ayiq shimoliy qutbiy o`lkalarda yashaydi,tanasi 2 metrdan uzun,og`irligi 1000 kg,qo`ng`ir ayiq tog`,o`rmonlarda yashaydi,o`simlik bargi,ildizi,baliq,asalni xusgh ko`radi,ayrim paytlarda bug`u va kiyik kabi yirik o`txo`r hayvonlarni tutib yeydi Bo`ri-tog`,o`rmon,adir,cho`llarda yashaydi,kechasi ovga chiqib,to`da bo`lib o`ljasiga hujum qiladi,to`dada 20 tagacha bo`rib o`lib,eng kuchlisi to`daga boshchilik qiladi,o`z hududiga boshqa to`dalarni kiritmaydi,4-13 tagacha bolalaydi,35-45 kun ona suti bilan oziqlanadi,erkagi ovqat keltiradi,2 yoshga yetganda mustaqil hayot kechradi. O`txo`r hayvonlar-bu o`simlik bilan oziqlanadigan hayvonlar.Yer yuzidagi eng katta hayvon fil,og`irligi 6 tonna,balandligi 4 metr,uning burni xartumi hid bilish,ovqatlanish,karnay kabi ovoz chiqarish,yuk ko`tarish vazifasini bajaradi.U 1-2 ta bolalaydi,2 yilgacha sut bilan oziqlanadi.Urg`ochi fil va filchalar to`dada,erkak fil yakka hayot kechiradi. Jirafa-eng baland hayvob bo`lib,bo`yi6 metr oldingi oyog`i orqa oyoqlaridan uzun bo`lib,qadami uzunligi 4-5 metrga teng.Savanna va o`rmonlarda yashaydi,bitta bolalaydi,jirafa va bolalari tuyaqush,zebra,kiyiklar to`dasi bilan birga yuradi. Hasharotlar-zararkunanda hasharotlar.Tabiatda hech bir jonivor zararkunanda emas.Har qanday jonivor yashash uchun kurashadi.Ba`zi hasharotlar madaniy o`simliklarga zarar keltirgani uchun zararkunanda deb ataladi.Shira bitlari o`simlik,daraxt barglari shiralarini so`rib quritadi.Po`stloq qurtlari daraxt po`stlog`ini kemiradi,ular p`ostloq ostiga tuxum qo`yib juda tez ko`payadi,shuning uchun daraxt tanasi oqlanadi.Kartoshka tuplariga kolorado qo`ng`izi,karamga karam kapalagi qurti,chigirtkalar ekinning barcha qismiga,karadrina qurti go`za bargiga,ko`sak qurti ko`sakka,mart qo`ng`izi o`simliklargajuda katta zarar yetkazadi.Mart qo`ng`izi 10-15 sm chuqur tuproqqa tuxum qo`yadi,o`simliklarning bargi va ildizi bilan oziqlanadi,yer yuzasiga mart oyida chiqqani uchun mart qo`ng`izi deyiladi.Mart qo`ng`izining tuxumlaridan oq buzoqboshilar chiqadiBuzoqboshi g`umbakka,keyin qo`ng`izga aylanadi va yer yuziga chiqadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling