Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik


Download 0.89 Mb.
bet31/49
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319681
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
universal qo\'llanma sotuv

Foydali hasharotlar-asalari gullarni changlaydi,xonqizi shira bitlari bilan oziqlanadi,chumolilar zararkunanda hasharot tuxumlarini yo`q qiladi,o`rgimchak turli mayda hasharotlarni yo`q qiladi.

Qushlar-kuzda uchib ketgan chittak,jiblajibon,qaldirg`och,vahmaqush,so`fito`rg`ay,sassiqpopishak bahorda mart oyida uchib keladi.Hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar hasharotxo`r qushlar deyiladi.Ular zararkunanda va qon so`ruvchi hasharotlarni yeydi.Chittak bir kunda o`z og`irligiga teng miqdorda ,jiblajibon ekin orasidagi,chug`urchuq bir kunda 200 tagacha chigirtka,sassiqpopishak daraxt po`stlog`i,devor yoriqlaridagi,kakkuqush boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda yeydi.

Uy parrandalari yovvoyi turlardan kelib chiqqan.Odamlar ularni boqib,qo`lga o`rgatgan,davrlar o`tib,xonakilashtirilgan.Tovuqning og`irligi 2 kg dan 4kg gacha bo`ladi,ona tovuq 10-15 tagacha tuxumni 20-25 kun


bosib yotadi,jo`jalar 3-4 oyda voyaga yetadi.Yovvoyi o`rdak ucha oladi og`irligi 2 kg,xonaki o`rdak 3 kg va undan ortiq,2-3 kunda bitta tuxum qo`yadi,yirik bo`ladi.

G`oz ko`rinishidan o`rdakka o`xshash,lekin gavdasi katta,bo`yni uzun ,og`irligi 5 kg dan ortiq,bir mavsumda 30-50 ta tuxum qo`yadi,baliq va boshqa jonivorlar bilan oziqlanadi.

Kurka dumini yelpig`ichga o`xshab ko`tarib yuradi,boshi va bo`yni yuqori qismi patsiz,terisi g`uddali bo`ladi,10 kg va ortiq,bir yilda 70-90 ta tuxum qo`yadi.

Sigir o`rtacha 15-20 yil yashaydi,8-10 l sut beradi,buzoqlar 2-3 yilda voyaga yetadi,qo`y 10-15 yil yashaydi,qo`zichoqlar 1 yilda voyaga yetadi,hisor qo`ylari eng yirik zotli qo`ylar ,ular go`sht va yog`I uchun boqiladi.Qorako`l qo`yning terisidan telpak,palto yengi va yoqalari tikiladi.

Dunyoda otlarning 200 dan ortiq turi mavjud.O`zbekistonda “Qorabayir”,”Arabi”,”Vladimir” otlari bor,biya bitta,ayrim hollarda ikkita bolalaydi,2-3 yoshgacha bo`lgan otning bolasi toy deyiladi.

Baliqlar-suvga tuxum qo`yadi,ular to`p-to`p bo`lib hayot kechiradi,delfinning rangi chiroyli,yon tomonidan suzgichlari o`tkirlashgan,orqasidagi suzgichi egilgan,tumshug`i uzun,bitta guruhda 20-100 ta delfin bo`ladi.birortasi yaralansa,kasal bo`lsa bir nechta delfin unga yordam beradi,qiziquvchan va o`yinqaroq delfin suvdan sakrab,kemalarni kuzatadi,baliqlar bilan oziqlanadi.

Kit yer yuzidagi eng yirik hayvon,eng kattasi ko`k kit,uzunligi 32 metr,og`irligi 145 tonna,mayda planktonlar,baliq,krill kabi suv hayvonlarini tutib yeydi.

Baqa ko`proq suvda yashaydi,kasallik tarqatuvchi chivinlar bilan oziqlanadi,ko`lmak suv va botqoqliklarga tuxum qo`yadi,qurbaqalar suv va quruqlikda yashaydi,sakrab yoki qadamlab yuradi,kunduzi nam joylarda yashirinib yotadi,kechasi ovga chiqadi,suvga tuxum qo`yadi.




Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling