Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik
Download 0.89 Mb.
|
universal qo\'llanma sotuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- G r ani t -“donad o r”
- Ohaktosh
Neft-suyuq holatdagi yonilg`i hisoblanadi.Neftdan toshko`mirdan olinadigan mahsulotlarni ham olish mumkin.Neft nasoslar yordamida yer ostidan tortib olinadi.
Tabiiy gaz neft bor joyda bo`ladi.Tabiiy gaz deb gaz holatidagi yoqilg`iga aytiladi. Temir,oltin,kumush,mis,alyumniy metallardir.Temir qora metal hisoblanadi.Konlarda temir boshqa moddalar bilan aralashgan qotishma
Rangli metallarga oltin,kumush,mis,alyumniy,qo`rg`oshin kiradi.Oltin va kumush qum zarralari orasida sof holda,rudalar tarkibida ham uchraydi.Mis va alyumniy faqat ruda shaklida uchraydi. Qurilishda ishlatiladigan qazilma boyliklar.Marmar eng qattiq va mustahkam qurilish materiali.Toshkent,Samarqand,Navoiy va Jizzax tog`laridan oq va pushti marmar qazib olinadi. Granit-“donador”degan ma`noni anglatadi.Uning donador toshlari pushti,kulrang,yashil bo`ladi.Granitning rangi shu donador toshlardan qaysi biri ko`pligiga bog`liq.Toshkent,Namangan va Samarqand viloyatlaridan turli rangdagi granitlar qazib olinadi.”Temuriylar tarixi davlat muzeyi”,”Yoshlar ijod saroyi”zina va poydevori,eshik peshtoqlari granit bilan qoplangan. Ohaktosh-tosh kabi qattiq bo`ladi,shuning uchun ohaktosh deyiladi.Maydalanib oq mayda shag`alga aylantiriladi. Qum va gil-toshlarni uzoq vaqt yemirilishidan qum hosil bo`lgan.Qum shag`al va sementga aralashtirib mustahkam beton quyiladi.Oyna va shishalar oq qumdan tayyorlanadi. Gil ham qumlarning nurashidan hosil bo`lgan.Gil zarrachalari qum zarrachalaridan bir necha yuz marta maydadir.Gil-chang zarrachalaridir.Tuproqning asosini ham gil tashkil etadi.Tuproq yuqori haroratda qizdirilganda chirindilar yonib,gilning o`zi qoladi.Gildan turli sopol va chinni buyumlar tayyorlanadi. Qadim zamonlarda yer yuzi xarsangtoshlardan iborat bo`lgan.Quyosh,yomg`ir va shamol natijasida toshlar nurab,qum va gilga aylana borgan.O`simliklar dastlab suvda paydo bo`lgan.Shamol ularni quruqlikka uchirib kelgan,suv o`tlari chirib tuproq hosil bo`lgan.Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar o`simlik chirindilari va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanib,bakteriyalar bunday qoldiqlarni uzluksiz ravishda,chirindiga,mineral moddalarga aylantira borgan.Tuproq asosini gil tashkil etadi,ba`zi joylarda qum aralashgan bo`ladi.Tuproqning asosiy xususiyati tarkibida o`simlik va hayvonlarning chirindi,turli minerallar,mikroorganizmlar va qoldiqlari mavjudligidirTuproqdagi minerallarni temir,ohaktosh,kalsiy,kaliy,fosfor kabi moddalarning kukuni tashkil etadi.Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar turli bakteriya va zamburu`glardan iborat.Bakteriyalar-nihoyatda mayda,ko`zga ko`rinmaydigan jonzot.Zamburug`lar esa o`simliklar kabi o`sadigan va ko`payadigan organizm.Tuproq tarkibida havo va suv bor.Tuproqdagi jonivor va mikroorganizmlar shu havo ,suv hisobiga yashaydi. 1-2metr chuqurlikdan olingan tuproqqa o`simlik ko`chati o`tqazilsa u qurib qoladi,chunki bu tuproqda yetarli ozuqa yo`q.O`simlik ildizi orqali nafas oladi. Tog`,adir,o`rmon,yaylov,cho`llarda,tabiat bag`rida o`sadigan o`simliklar-tabiiy o`simliklar.Odamlar tomonidan ekilib,parvarish qilinadigan o`simliklar madaniy o`simliklardir.O`simliklarni o`t,buta,daraxt kabi turlarga bo`lamiz.O`tlarning ayrimlari dorivor hisoblanadi:zubturumning barglari odamning yara bo`lgan,kuygan,ari chaqqan joyiga qo`yiladi,barglari shamollash,oshqozon va ichak kasalliklarini davolaydi.Qoqio`t poyasi ichidagi sut kabi oq sharbatidan dori tayyorlanadi,ovqatga solinadi. Butalarning poyalari yog`ochlangan,ya`ni qattiq holatda,bir nechtadan to`p bo`libo`sadi.Tog`da na`matak,cho`lda juzg`un,saksovul,quyonsuyak kabi butalar bor.Na`matakning bir joydan o`ndan ortiq,ba`zilarida undan ham ko`p poyalar o`sib chiqadi,bo`yi 2 metrgacha ,aprelda oq,pushti ,sariq gullaydi,avgust-sentabr oylarida pishadi,mevasi shifobaxsh hisoblanadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling