Atrofimizdagi olam tabiatshunoslik


Download 0.89 Mb.
bet29/49
Sana02.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1319681
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
universal qo\'llanma sotuv

Daraxtlar-poyasi yog`ochlangan,qattiq,bitta yo`g`on bo`ladi.Yo`l chetlarida chinor,qarag`ay,eman,zarang,terak,tol kabi,tog` yonbag`irlarida archa,yong`oq,do`lana,yovvoyi olma,bodom o`sadi.O`rmonlar daraxtlar o`sishi uchun issiqlik va namlik yetarli joylarda hosil bo`ladi.O`rmon daraxtlari yog`inlar hisobiga o`sadi.

Madaniy o`simliklar.G`o`za-ildiz,poya,barg va gul(meva) dan iborat.Mevasi ko`sak-urug`I chigit.Iyul oyida gullaydi,paxtadan qog`oz,plastmassa,charm,linoleum,sovun,moy,lok ham olinadi.
Bug`doyning qattiq va yumshoq navlari yetishtiriladi.Sholi chuqurligi 30-40 sm bo`lgan pollarga ekiladi,muntazam 10-20 sm qalinlikda suv bo`lishi kerak.Sholi Qoraqalpog`iston va Xorazmda ko`p ekiladi.

Makkajo`xori tez o`sadi,bo`yi 2 metr va undan baland bo`ladi,iyunda pishadi.Ertangi kartoshka 10-15 kunda o`sib chiqadi,may-iyun oylarida pishadi.O`rtagisi may oyida ekiladi,avgust-sentabrda pishadi,kechkisi iyun oxirida ekiladi oktabr-noyabrda kovlanadi.Piyoz kuzda sepiladi-avgust-sentabrda yig`ib olinadi.Qovoq poyasi uzunligi 10 metrgacha yetadi.Ushbu madaniy o`simliklar orasida zarpechak,g`umay,machine,salomalaykum kabi begona o`tlar o`sadi.




Mevali daraxtlar va butalar. O`lkamizda mevali butalardan anor,anjir,malina,qorag`at madaniy o`simlik sifatida o`sadi.Anor iyun,anjir avgust oyida pishadi,anor vaanjir novdasidan,malina,qorag`at ildizlardagi kurtaklardan ko`paytiriladi,malina qorag`at iyunda pishadi.Uzumlarning husayni,qora janjal,charos,toifi,kishmish,buvaki,qirmiska kabi navlari yetishtiriladi,kishmishdan mayiz tayyorlanadi.Manzarali o`simliklar.Manzarali daraxtlar va butalar.Manzarali daraxtlardan:tol,chinor,akatsiya,shumtol,oqqayin,terak,eman o`sadi. Ular uylarni shamoldan to`sadi,havoni chang ,zaharli gazlardan tozalaydi.Manzarali butalarga:hovlida o`sadigan ligustrum va tuya butalari yashil devor hosil qiladi.Gullar manzarali,madaniy o`simlik hisoblanadi.Dorivor o`simliklar-yalpizdan tayyorlangan damlama yoki bargidan olingan shira bod,teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.Jag`-jag` damlamasi odamning ichki a`zolaridan ketadigan qonni to`xtatadi,boshqa ko`p kasalliklarga davo.Isiriq-cho`l,qir-adirlarda o`sadi,tutunidan kasallik tarqatuvchi mikroblar nobud bo`ladi.Damlamasi bod,bezgak,tutqanoq,uyqusizlik,shamollash kabi kasalliklarga davo bo`ladi.Kashnich-vitaminga boy,damlamasi yo`talni to`xtatadi,ichak kasalliklarida davo,og`izdan yoqimsiz hidni ketkazadi.Maymunjon-daraxt va butalarga chirmashib o`sadi isitmani tushurish,ich ketishini to`xtatadi,doimo yeb yurgan kishi shamollamaydi,shamollaganda bargi damlab ichiladi.Na`matak-damlamasi isitmani tushiradi,og`iz bo`shlig`idagi yaralarni davolaydi,yurakni quvvatlantiradi.
Ipak qurti –aprel oyi boshlarida ipak qurti tuxumlari ochilib qurtlar chiqadi,qurt boqilayotgan xona harorati +28 dan +30 gacha bo`lishi kerak.Dastlab barg qiymalab,5-6 kundan son`g butunligicha beriladi.23-25 kunda pilla o`raydi,pilla ichida qurt g`umbakka aylanadi,so`ng pilla teriladi,eng sifatlisi kelgusi yil ipak qurti tuxumini olish uchun labaratoriyalarga yuboriladi,pilla ichidagi qurt g`umbagi kapalakka aylanadi,pillani yorib chiqadi,ipak qurti kapalaklari qo`ygan tuxumlar labaratoriyada yig`iladi va saqlanadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling