Attestatsiya testlari


Matnni o‘qing va savollarga javob bering


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Dunyoda so‘z jihatidan eng badavlat til arab va ingliz tillari hisoblanadi. Ingliz tili 
hisobida ikki yarim milliondan ortiq, arab tili hisobida esa uch yarim milliondan ortiq 
lug‘at boyligi bor. O‘zbek tili zaxirasi taxminan 1 400 000 – 1 600 000 atrofida so‘zga 
ega ekan. Bu ma’lumotlar, albatta, ijtimoiy sohalarga nisbatan olingan, xolos. 
Tilshunoslik fanidan ma’lumki, qaysi tilda sinonimlar – ma’nodosh so‘zlar ko‘p bo‘lsa, 
o‘sha til eng boy til; shuningdek, qaysi tilda shakldoshlar – omonim so‘zlar ko‘p bo‘lsa, 
o‘sha til kambag‘al tillar sirasiga kiradi, deya yuritiladi. Masalan, shimoliy qutbda 
yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida „qor“ so‘zining 20 xil sinonimi 
mavjud. Arab tilida esa „cho‘l“ so‘zining 100 dan ortiq varianti bor.
Yer kurrasi bo‘ylab eng keng tarqalgan til esa ispancha hisoblanadi. Ispan tilining bu 
qadar ommalashib ketishiga, avvalo, mashhur sayyohlar, dengiz qaroqchilari va 
ispaniyalik mustamlakachilar sabab bo‘lib qolgan. Hatto AQSHning 50 ta shtatidan 23 
tasida davlat tili ispan tili hisoblanadi. (M. Bobojonov) 
38. Ispan tilining ommalashib ketishiga sababchi bo‘lmagan ma’lumot qaysi javobda 
berilgan?
A) mashhur sayyohlar
B) dengiz qaroqchilar
C) ispaniyalik mustamlakachilar
D) ispan futbolchilari 
39. Shimoliy qutbda yashaydigan eskimos qabilasiga mansub millat tilida „qor“ 
so‘zining 20 xil ma’nodoshi mavjud. Ushbu ma’lumot... 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 


40. Bu ma’lumotlar albatta ijtimoiy sohalarga nisbatan olingan xolos. 
Ushbu gapda nechta vergul tinish belgisi tushib qolgan?
A) 2 ta
B) 3 ta
C) 4 ta
D) 1 ta 
16-VARIANT 
1. Qaysi qatorda iboraning ma’nosi to‘g‘ri berlgan?
A) Yetti uxlab tushiga kirmaslik - Hech qachon ko‘rmaslik.
B) Yetti uxlab tushida ko‘rmaslik - Mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik.
C) Yuragi tars yorilib ketayozdi - Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq
D) Soyasiga ko‘rpacha solmoq - Izzat-hurmat qilishni me’yoridan o‘tkazib yubormoq 
2. To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) daxlsiz, axloq
B) muxtoj, jahd
С) muhokama, shamba
D) hushyorlik, savsata 
3. Qaysi qatordagi gapda subyektiv baho bildiruvchi qo‘shimcha bilan shakldosh bo‘la 
oladigan ot yasovchi qo‘shimcha qatnashgan?
A) Biz buni ertaga kurak bilan kurab tashlaymiz-ku!
B) Eh, sen bizning toychoqni bir ko‟rsang edi!
C) Bu tushuncha sizning xotirangizda qolmasa, kimning xotirasida qolsin?!
D) Tunda daraxtzor oralab yurish qo‟rqinchli bo‟larkan. 
4. Berilgan qo‘shimchalardan qaysilari ismning va fe’lning munosabat shakli sifatida 
o'zaro shakldosh bo‘la oladi?
1) -sa, 2) -k, 3) -m, 4) -ng, 5) -miz, 6) -ing
A) 1, 3, 5, 6
B) 1, 2, 4
C) 2, 3, 5, 6
D) 3, 4, 5, 6 
5. Qaysi gapda yasama so‘z bilan ifodalangan ega qatnashgan?
A) Do‘st achitib gapirar, dushman - kuldirib.
B) Qo‘shni xonada qizlarning qahqahasi eshitildi.
C) Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor.
D) Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa chopilur. 
6. To‘g‘ri jumlani belgilang.
A) Sifat tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho‘zish yo‘li bilan orttirma daraja 
yasaladi.
B) Sifat oxiridagi -ish, -imtir qo‘shimchalari qiyosiy daraja yasaydi.
C) Sifat oldidan nihoyatda so'zini qo‘yish orqali qiyosiy sifat yasaladi.
D) -ish, -imtir qo‘shimchalari xususiyat sifatlariga qo‘shilib ozaytirma daraja hosil 
qiladi. 
7. Mafkura muayyan bir millatni tub manfaatlarini nazariy asoslovchi va himoya 
qiluvchi falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy qarashlarni butun bir tizimidir. Gapda 


kelishik qo‘shimchalari necha o‘rinda xato qo‘llangan? 
A) 3
B) 1
C) 2
D) 4 
8. Qaysi javobda faqat payt ravishlari keltirilgan?
A) endi, birin-ketin, dastlabki
B) endi, hozircha, dastlabki
C) hozircha, hamisha, dastlabki
D) endi, hozircha, hamisha 
9. Qaysi qatorda ikki xil usul bilan hosil qilingan yasama fe’llar ishtirok etgan?
A) Devor uzra yuksalgan daraxtlarning tepasida yirik-yirik oshqovoqlar quyoshning 
so‘nggi shu’lalari bilan oltinlanardi, go‘yo quyoshga tabassum qilishardi.
B) Dalada mashinalar ko‘paymoqda, o‘g‘it solishni ham mashinaga yukladik, 
dehqonchilik mashinalari yanada yaxshilanmoqda.
C) Ishdan kelgach, nari-beri tamaddi qilib, dam oldim.
D) Birmahal bola yig‘ladimi, yo tashqarida shamolning guvullashi aralash dahshatli bir 
faryod eshitildimi, anglay olmay qoldi. 
10. Berilgan parchada fe‟llar qaysi nisbat ma’nolarida qo‘llangan?
Tilsiz xalq yo‘q. Xalqsiz til ham bo‘lmaydi, bular egizak tushunchalardir, birini biridan 
ayirib bo‘lmas, ular ayirib qo‘yilsa, ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir 
xalqqa qo‘shilib ketadi.
A) majhul, o‘zlik, orttirma
B) aniq, majhul, o‘zlik
C) aniq, majhul, orttirma
D) aniq, o‘zlik, orttirma 
11. AVAYLAMOQ so‘zining sinonimlari bilan bog‘liq to‘g‘ri hukmlarni toping.
1. E’zozlamoq, e’zoz etmoq kitobiy uslubga xos, unda g‘amxo‘rlik munosabati yana 
ham kuchliroq bo‘ladi.
2. Ardoqlamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi
3. Papalamoq so‘zlashuv nutqiga xos, suyish munosabati aks etadi.
4. Ayamoq «tashqi ta’sir natijasida biror narsa bo‘lishdan, shuningdek, yo‘qolish, 
sarflanish kabilardan ehtiyotlanish» ma’nosida ham qo‘llanadi.
A) 1, 3, 4
B) 1, 2, 4
C) 1, 2, 3, 4
D) 2, 4 
12. To‘tini o‘z ismini aytishga o‘rgatishadi. Ismni ko‘p qaytarishadi. Keyin bir kuni, 
ehtimol, bexosdanmi yoki o‘z kayfiyatini bildirish uchunmi, u talab qilinayotgan so‘zni 
aytib yuboradi va shu ondayoq mukofot oladi. Berilgan parchada yordamchi so„z 
turkumlariga oid birliklar necha o'rinda qo'llangan? 
A) 6 B) 7
C) 5
D) 4 
13. Yakshanba kuni birin-ketin o‘g‘il-qiz, nevara-kelinlar yig‘ila boshlashdi. Ushbu gapdagi 
juft so‘zlar hol va ega vazifasida kelgan. Ushbu ma’lumot… 
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 


14. Ba’zi paytlarda yoshligimning unutilmas damlarini esga olaman. Bolalikdagi o‘ynoqi 
damlarni sog‘inaman. Meni o‘tloqlarda dumalatgan, chang ko‘chalarda o‘ynatgan 
damlarni unutolmay qiynalaman. Ushbu parchada tovush tarkibi o‘zgargan fe’ldan 
yasalgan yasama so‘z(lar) qaysi gap bo‘lagi vazifasida kelgan?
A) kesim
B) aniqlovchi, hol
C) aniqlovchi, kesim
D) aniqlovchi 
15. Vazifadosh ko‘makchili gaplarni ajrating.
1. Musiqa sadolari ostida qadamlar ildamlashdi.
2. Bu chiroqlar bir-ikki soatgina yonib, keyin kuyib qolardi.
3. Dars tamom bo'lgandan keyin o'quvchilar uylari tomon tarqaldilar.
4. Qoziq ustida qor turmas.
5. U turli mamlakatlarni kezgan, turli xalqlar, urug'- aymoqlar ichida bo'lgan.
6. Ular kitob ustida tortishib qolishdi.
7. Albatta, oshna-og'ayni orasida mol pisand emas.
A) 1, 3, 5, 6, 7
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 2, 4, 5, 6
D) 1, 3, 5, 7 
16. Qaysi gapda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xato mavjud?
A) Bu tarifda barcha aloqa xizmatlari bepul amalga oshiriladi.
B) Bir tub tut tagida bir tub turp turtib turibdi.
C) Shifoxonada butunlay tuzalib bod balosidan qutuldim.
D) Bu gaplardan so‘ng anchagacha otasining boshi xam bo‘lib yurdi. 
17. Bu olim riyoziyot fanining barcha tarmoqlarini mukammal egallagan. Ushbu gapda 
olmoshlar ega va to‘ldiruvchiga tobelangan. Ushbu ma’lumot…
A) to‘g‘ri 
B) noto‘g‘ri 
18. Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni 
aniqlang.
A) Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi.
B) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi.
C) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir.
D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko'proq nafratlanadi. 
19. Qurey-qurey degan ovozni sherigi ham payqadimikan deb sekin razm soldi, 

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling