Attestatsiya testlari


O‘zi o‘lmay, kishi yorin berami?


Download 1.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/119
Sana07.03.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1246543
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119
Bog'liq
Attestatsiya savollari to‘plami 2

O‘zi o‘lmay, kishi yorin berami? 
Buncha so‘zni lof urmagin, sen qalmoq, 
Kel endi, maydonda turgin, ey ahmoq
Xalq dostonlaridagi qaysi qahramon raqibiga qarab ushbu so‘zlarni aytadi? 
A) Alpomish 
B) Ravshan 
C) Kuntug‘mish 
D) Aynoq kal 
25. Dantening “Ilohiy komediya” asarini tarjima qilgan ijodkorning birinchi she’ri 
“Qushcha” nomi bilan bosilib chiqilgan. Ushbu ma’lumot... 
A) To‘g‘ri 
B) Noto‘g‘ri 
26. Abay “Nasihatlar” asarida g‘ayratsiz jahl, qayg‘usiz oshiq, shogirdsiz olimlarni kimga 
yoki nimaga o‘xshatadi?
A) soyaga
B) qahraton qishga
C) qurigan ko‘lga
D) tulga 
27. Mirzakalon Ismoiliy tomonidan tarjima qilingan asar nomi qaysi qatorda to‘g‘ri 
ko‘rsatilgan? 
A) “Garov” (Chexov) 
B) “So‘nggi saboq” (Alfons Dode) 


C) “Choliqushi” (Rashod Nuri Guntekin) 
D) “Nasihatlar” (Abay) 
28. Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 
1) “Xamsa” yozishni ozarbayjonlik ulug‘ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 
2) Dehlaviy yana 2 doston qo‘shib, o‘z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi;
3) Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 
4) Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillarda) 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini 
yozib tugallagan. 
A) 1, 3 
В) 1, 4 
C) 2, 3 
D) 2, 4 
29. Qaysi javbobda Furqat haqida ma’lumot berilgan? 
A) «Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati», «Sendek menga bir yori vafodor topilmas» 
kabi g‘azallarida shoirning hayotga qaynoq mehri aks ettirilgan. 
B) «Yuzung ochkim, quyosh sadqang bo‘lub boshingdin aylansun», «Mushkin qoshining 
hay’ati ul chashmi jallod ustina», «Ey sho‘x, ko‘zi qoshinga olam gado, man ham gado» 
g‘azallari muallifidir. 
C) Shoir «Ul sho‘xki ochildi xat-u ruxsori» deb boshlanuvchi musoviyattarafayn 
shaklidagi she’r muallifidir. 
D) Shoir muxammas janrida yozilgan «Manam sho‘rida bulbul» she’rida o‘zini 
bo‘stonidan adashgan sho‘rida bulbulga o‘xshatadi. 
30. Qaysi javobda Shavkat Rahmon ijodiga oid ma’lumot keltirilgan? 
A) Ijodkor "Muqaddas ayol" to‘plami uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor 
bo‘ladi. 
B) Ijodkor yirik poetik janrga ham murojaat etib, "Osmonning oxiri", "Qora quyosh" 
singari dostonlar yaratdi. 
C) Ijodkorning "Xarsang", "Jahonnoma", "Gul bir yon, chaman bir yon", "Yov qochdi" 
singa kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. 
D) Ijodkor Lorka she’rlarini bevosita ispanchadan o‘zbekchaga o‘giradi, Lorkaning "Eng 
qayg‘uli shodlik" she’riy kitobi shu tariqa o‘zbek tilida nashr etiladi. 
31. "Huquqshunosning mutolaasi halokatga uchragan kema parchasiga yopishib olgan 
kishi holatiga o‘xshardi". Ushbu parchada tasvirlangan puldan ixtiyoriy ravishda voz 
kechgan, o‘z xohishiga ko‘ra oxirgi muddatidan qamoqxonadan atayin qochib ketgan 
huquqshunos obrazi qaysi asarda uchraydi? 
A) "Choliqushi" (Rashod Nuri Guntekin)
B) "Garov" (Anton Chexov)
C) "So‘nggi saboq" (Alfons Dode)
D) "Shubxa" (Robindranath Thakur) 
32. Aqlli va til zabonli, kiyim-boshi po‘rim va o‘zicha madaniyatli kimsalar u(inson)ni urib 
o‘ldirishga chog‘langan bo‘lsalar, o‘sha – til zaboni yo‘q, ongsiz hayvon sanalmish ot o‘z 
do‘stini o‘limdan asrab qoladi. Bir so‘z bilan aytganda, odamni o‘zi singari odam 
zulmidan himoya qilish uchun odam topilmaydi, najot faqat hayvonda qoladi!... Ushbu 
ma’lumot qaysi asar haqida? 
A) “Uloqda” (Abdulla Qodiriy) 
B) “Do‘nan” (Turob To‘la) 


C) “Yovvoyi yo‘rg‘a” (Ernest Seton-Tompson) 
D) “Ot kishnagan oqshom” (Tog‘ay Murod) 
33. «O‘tkan kunlar» romanida: «...Yaxshi deb yo‘lida jon berganing Azizbek bu kun senlarga 
yaxshilig1ingni o‘ttuz ikki tanga soliq bilan qaytarmoqchi bo‘ldi. Hozir senlarga ikki 
yo‘l: o‘g‘ul, qizingni sotib bo‘lsa ham o‘ttuz ikki tangani Azizbek xazinasiga to‘lash yoki 
es borida etakni yopib Azizbekni oradan ko‘tarish... Uying kuydi, musulmonlar!» - deya 
xalqqa xitob qilgan, «Soliqni bermangiz demayman, chunki sizning itoatingiz menga 
bundog‘ to‘nlar berar!» - deya istehzoli so‘zlagan qahramon kim? 
A) Ziyo shohichi 
B) Yusufbek hoji 
C) Otabek 
D) Mirzakarim qutidor 
34. Tog‘ qishloqlarining katta-kichik bolalariga muallimlik qiladigan, tabiatan sodda va 
ishonuvchan Inod obrazi “Tanho qayiq” asarida uchraydi. Ushbu ma’lumot... 
A) To‘g‘ri 
B) Noto‘g‘ri 
35. “Ijodkorning «Karvon yo‘li» nomli birinchi she’rlar to‘plami 1968-yilda nashrdan chiqdi. 
Shundan keyin uning «Aks-sado», «Tasvir», «Xotirot», «Ko‘zlar», «Qaytish», «Sabr 
daraxti», «Sukunat», «Tavba», «So‘nggi vido», «Sakina» kabi she’riy to‘plamlari chop 
qilindi.” Ushbu ma’lumot qaysi ijodkorga tegishli? 
A) Halima Xudoyberdiyeva 
B) Usmon Azim 
C) Oydin Hojiyeva 
D) Rauf Parfi 
36. Azm ayla sabo, yet guli xandonimg‘a, 
Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg‘a. Quyida berilganlardan ushbu bayt haqida 
berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 
1) Baytda mutlaq qofiya qo‘llangan; 
2) Baytda tashbeh san’atidan foydalanilgan; 
3) Baytda tardi aks san’atidan foydalanilgan; 
4) Ushbu baytda «а» unlisi raviy bo‘lib kelgan. 
A) 1, 2 
B) 3, 4 
C) 2, 4 
D) 1, 3 
37. Yo qoshingdin necha bir o‘q ko‘z tutay,
Otki, o‘rusig‘a oning ko‘z tutay.
Necha ko‘rgach mahvashlar qoshin,
Yangi Oy ko‘rgan kishidek ko‘z tutay.
Ushbu tuyuq muallifini aniqlang.
A) A. Navoiy
B) Lutfiy
C) H. Xorazmiy
D) Z. M. Bobur 



Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling