Attestatsiya testlari
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma
Download 1.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Attestatsiya savollari to‘plami 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matnni o‘qing va savollarga javob bering.
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi
ma’lumot to‘g‘ri? A) Ushbu misralarda tardi aks san’atidan foydalanilgan. B) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi. C) Radifi qisqa radif sanaladi. D) Qofiyadosh so‘zlarda «n» tovushi raviy bo‘lib kelgan. Matnni o‘qing va savollarga javob bering. Qadim zamonlardan beri odamlar olamda yetti mo‘jiza bor deb hisoblashadi. Bular Misr fir’avnlarining ehromlari, Bobilning osma bog‘i, ov xudosi Artemida ma’badi, Zevsning haykali, Galikarnas maqbarasi, quyosh xudosi Geliosning haykali va, nihoyat, nahri Nilda Faros orolidagi mayoqdir. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ular yaratilgandan beri necha asrlar o‘tdi. Lekin yetti mo‘jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug‘ligiga qo‘yilgan mangu obida bo‘lib kelmoqda. Biroq shunday bo‘lsa-da, olamda yana bir mo‘jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo‘jizaning jamiki ulug‘vorligi, go‘zalligidan kam emas. XX asr odamining hayotiga u nondek, havodek, radiodek singib ketgan, shuning uchun uni qo‘lga olganimizda mo‘jiza bilan uchrashganday larzaga tushmaymiz, uning muqaddasligidan orziqib-entikib ketmaymiz, tilimiz lol bo‘lmaydi. Bu mo‘jiza – kitob. Kitobning mo‘jiza, mo‘jiza bo‘lganda ham birinchi mo‘jiza ekanini ko‘pgina buyuk odamlar qayd qilgan. „Kitob – bilim manbayi“, – degan edi Aleksey Maksimovich Gorkiy. „Kitob bizning jips sahifalarga joylashtirilgan ko‘p asrlik tajribamizdirki, u yer yuzidagi inson aqliga mangu hayot bag‘ishlaydi“, – deb yozadi Leonid Leonov. Mashhur Avstriya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. U ham kitob madhiga benihoya ehtirosli, jo‘shqin misralar bag‘ishlagan: „Kitob bor joyda odam o‘z-o‘zi bilan, o‘z saviyasining chor devoriga o‘ralib, ortiq yolg‘iz qololmaydi, balki u o‘tmishdagi va hozirgi jamiki hodisalarga oshno bo‘ladi, butun insoniyatning fikrlari va hislaridan bahramand bo‘ladi“. …Adabiyot inson kashf qilgan hamma mo‘jizalar, hamma buyuk ixtirolar ichida eng buyugi, eng ulug‘voridir. U – ajoyib buloq. U shunday buloqki, unda ko‘z yoshining musaffoligi, qizlar xandasining qo‘ng‘iroqdek ohangdor jarangi, kamalak nurlaridek rang- barang tovlanish bor. Bu musaffo buloqdan to‘yib-to‘yib ichishga, ota-bobolarimiz, ajdodlarimiz bizga meros qoldirib ketgan asriy tashnalikni – ziyo, nur, fikr tashnaligini qondirishga shoshiling, odamlar! 38. Kitob – bilim manbayi. Ushbu gapda nima sababdan tire tinish belgisi qo‘llanganligini aniqlang. A) Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz qo‘llanganligi uchun B) Ot kesim sifat bilan ifodalanganligi uchun C) Ot kesim ravish bilan ifodalanganligi uchun D) bu gapda tire xato qo‘llangan 39. Mashhur Avstraliya yozuvchisi Stefan Sveyg kitobning kashf qilinishini g‘ildirakning ixtiro qilinishi bilan baravar qo‘yadi. Ushbu ma’lumot... A) to‘g‘ri B) noto‘g‘ri 40. Darhaqiqat, ular benihoya ulug‘vor, benihoya noyob va go‘zal. Ushbu gapning kesimi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan? A) ravish B) ot C) sifat D) son Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling