Attorga ta’zim abdurahmon Pirimqulov
Download 20.07 Kb.
|
ATTOR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shahzodaga oshiq bir ayol
Ko‘rishni ko‘rdan o‘rgan
“Ilohiynoma”da saxovat, himmat va jasorat ishqiy kamolotning muhim bosqichlaridan ekanligini ko‘rsatuvchi bir necha hikoyatlar bor. Shulardan biri Sulaymon alayhissalomning chumoli bilan qilgan o‘zaro muloqoti xususida. Bir kuni Sulaymon alayhissalom qayergadir shoshib borayotgan ekan, yo‘lda bir gala chumoliga duch kelibdi. Chumolilar jam bo‘lib payg‘ambarga ta’zim qilishibdi. Payg‘ambar qarasa, minglab chumoli unga peshvoz chiqqan, ular orasida faqat bittasi unga e’tibor bermay, katta bir tepalikni qo‘liga siqqancha olib, misqollab tashir, uni yer bilan bir tekis qilishga urinardi. Buni ko‘rgan payg‘ambar: “Agar senda Nuhning umri, Ayubning sabri bo‘lganda ham bu ishni uddalay olmas eding. Shunday ekan, behuda urinishning ma’nisi nima?” deb so‘rasa, chumoli: “Sen mening fitnat (o‘ziga tortish, urinish)imga e’tibor berma, niyatimga boq. Niyat xolis va to‘kis bo‘lsa, Xudoning o‘zi madad beradi. Mening niyatim shu tepalikni yer ila yakson qilish. Chunki men bir chumolini sevib qoldim, u esa menga tegish uchun shu shartni qo‘ydi. Men bu yo‘lda qurbon bo‘lsam ham niyatimdan chekinmayman”, degan ekan. So‘ng Attor qissadan hissa sifatida o‘quvchiga murojaat qiladi: Azizim, ishqni sen shu mo‘rdan o‘rgan, Ko‘rishni ko‘zi ojiz, ko‘rdan o‘rgan. Shahzodaga oshiq bir ayol “Ilohiynoma” da Attor ayol kishining shaxsiy fe’l-atvoridan bahs etuvchi hikoyatlarga ko‘p o‘rin ajratadi. Ko‘pincha oqila va fozila ayollarning aqlu zakovatiga tahsinlar o‘qiydi, ularni hatto erkaklarga ham ibrat qilib tasvirlaydi. Bir yurt podshohining g‘oyat aqlli va ko‘rkam o‘g‘li bo‘lgan ekan. Uni shu yurt ayollaridan biri sevib qolibdi: Yonib ul ishq aro sargashta bo‘ldi, Kuyib jonu tani otashda bo‘ldi. Shahzoda qayerga borsa, ayol ham o‘sha yerga chopar, hatto uni so‘rab saroyga borishdan ham hayiqmas ekan. Nihoyat, shahzoda otasiga: «Meni bu bedavodan qutqaring”, deb shikoyat qilibdi. Shoh amr etibdiki, ayolni otning dumiga bog‘lab, sudrasinlar, toki bu kabi yengiltaklik boshqa ayollarga ibrat bo‘lsin. Hukm ijrosi chog‘ida hamma yig‘ilgan, ayol esa: Menga, ey podshoh, bir himmat ayla, Sochimni sevgilim otiga boyla. Uning oti oyog‘i ostida jon Berar bo‘lsam, dilimda qolmas armon. Uning yo‘lida o‘lmoq menga pesha, Uning ko‘yida qolgaymen hamisha… – deya nola qilibdi. Bu so‘zdan shohning dili yumshab, o‘g‘li bilan o‘sha ayol o‘rtasidagi nikohga rozilik bergan ekan. Hikoyatda shoir ayol emas, balki uning pokiza muhabbati va uni himoya qilishdagi jasorati haqida so‘zlamoqda. Download 20.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling