Ату ва ииа маърузалар матни doc
Ilmiy izlanishning yakuniy hujjatlari
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
4.3. Ilmiy izlanishning yakuniy hujjatlari. Har qanday tajribali ilmiy izlanishlarda tajribaning yakuniy hujjatlari bo’lib ilmiy hisobot, dissertasiya ishlari, monografiyalar, tavsiyanomalar xizmat qiladi. Ilmiy izlanishni ilmiy adabiyotlar bilan to’ldirish qismida har qanday ilmiy chop etilgan ishlar tahlili talab darajasida kiritilgan bo’lishi kerak. Bu talablar asosiy fikr, natijaning haqiqiy ishonchligi, logik tartibi, aniqlik, qisqalik va ma’nolit tajribadan olingan natijalarining ilmiy yakunini yasash, boshqacha PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com aytganda, ilmiy izlanish ishini yozish, avtor tomonidan original fikrini bayon qilish va uning logik ketma-ketligi, to’plangan ashyolarni o’z ichiga olib, ularni guruhlarga bo’lish, tahlil va yaxlit ilmiy ishni barpo qilish bilan tugallanadi. Ilmiy izlanish ishining hisoboti standart talabiga binoan tiklanadi. Bu standart talablari umumiy hisobotlar talabi, ilmiy izlanish hisobotlarining tuzilish, tiklash qoidalaridan iborat. Ilmiy izlanish ishining hisoboti - texnik hujjat bo’lib, qilingan ishlar haqida yakuniy ma’lumotlarni (yoki uning ma’lum bir davri uchun) o’z ichiga oladi. Hisobotni tayyorlash vaqtida, javoblar shaxs davlat ilmiy ishlarni qayd qilish tartibiga binoan tasdiqlangan ma’lumotnoma kartochkasini to’ldiradi. Hisobotga bo’lgan umumiy talab: ishni bayon qilishda aniqlik va ketma-ketlik (tartibi), argumentlar tasdig’i, qisqalik va fikrning aniqligi, bayon etilgan fikrning takrorlanmasligi tavsiyaning asoslanganligi va tavsiyalar. Ilmiy izlanish ishi hisoboti muqova, bajaruvchilar ro’yxati, referat, qismlar ro’yxati, shartli belgilarning ma’nosi, simvollar, birikmalar va terminlar, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalangan adabiyotlar va ilovalarni o’z ichiga oladi. Hisobotning kirish qismida belgilangan muammolar yaratishda boshlang’ich matnlar va asoslar, ushbu izlanishning bu kun zarur ekanligini ko’rsata bilishi kerak. Mavzuning bu kunda aktual va original ekanligini ko’rsatib boshqa fanlar rivoji bilan bog’liqligini isbotlay olishi kerak. Hisobotning asosiy eksperimental izlanish natijalari, ularni umumlashtirish va baholash kabi masalalardan iborat bo’ladi. Bu eksperiment qismida olingan ma’lumotlar tahlili natijasida olingan ilmiy ashyolar o’z davlatimizda qilinayotgan o’xshash ishlar va chet davlatlarda yig’ilgan ma’lumotlar bilan taqqoslanadi, ishning butunlay yakunlanganligini (o’rganilgan muammoga nisbatan) va olingan ma’lumotlarning ishonchligi ko’rsatiladi. Tajribadan olingan ma’lumotlar tekst qismi bilan yakunlanadigan jadvallar izlanish obyekti va tajriba uslubiyati, tajriba o’tkazilgan joy sharoiti va boshqalarni ham biriktiradi. Eksperimental ashyolar faqat jadvallar yoki grafik ko’rinishidagi misollarda ko’rsatilishi lozim. Eksperimental ashyolar soni ulardan statistik baho berish va tajriba variantlari farqlarini ko’rsatib berish uchun tahlil qilish yetarli bo’lishi kerak. Boshqa adabiyotlarda olingan ashyolar, ularning mualliflari, nomi va yillari aniq ko’rsatiladi. Har qanday hisobot tahlilida kutilmagan yoki sistematik xatolar majmuasini ko’rsatishi shart. Eksperimental ishlar statistik tahlil qilinib, qaysi uslubda amalga oshirilgani yoziladi. Xulosa qismida ilmiy izlanishning natijalaridan olingan qisqa xulosalari, ishlab chiqarishga tavsiya qilingan yangiliklar, amaliy ekonomik samaradorligi va xalq xo’jaligidagi ilmiy, sosial qimmati ham yoritiladi. Hisobotda qo’shimcha qilib patent izlanishlar ma’lumoti, chop etilgan maqolalar, avtorlik guvohnomalari, patentlar ham sanab o’tiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling