Ату ва ииа маърузалар матни doc
Sug’oriladigan tuproq sharoitida o’tkaziladigan dala tajribalarining
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari
5. Sug’oriladigan tuproq sharoitida o’tkaziladigan dala tajribalarining
xususiyatlari. Sug’oriladigan tuproq sharoitida o’tkaziladigan tajribalarda katta uslubiy yondashishni talab etib, yolg’iz farqlilik omiliga dialektik to’g’ri tushunchaga ega bo’lish kerak. O’rganilayotgan omilning hamma variantlari uchun bir xil bo’lishni tashkil etish, bu mexanik ravishda tenglashtirish deb qaralmay, balki tadqiqot uchun ko’zda tutilgan aniq fandir. Bu fanda tadqiqotchi haqiqatda ma’lum bir variantning (navning) qolgan variantlarga nisbatan yuqori samarali ekanligini ajrata olish masalan, texnik o’simliklar tajribasida sug’oriladigan variant qatorlari o’t bosmagan va qotib qolmagan bo’lsa, yonidagi sug’orib yeri qota boshlagan variant qatorini chopganda birga qo’shib chopib yubormaslik kerak. Bu yerda, birinchi variant tajriba maqsadi qurg’oqchilikka chidamliligini va ishlov berilmaganda o’simlik o’zini qanday tutishini o’rganishdan iborat. Ikkinchi tajriba maqsadi sug’orish va uning ketidan chopiq qilishni o’rganish. Undan tashqari sodir bo’lishi mumkin holatlardan biri yuqoridagi ikki variantda bir xil ko’chat soni qatorlarda qoldirilishi. Bu yerda ham mexanik tenglik yaratilib tajribada optimallik va maqsadga muvofiqlik prinsiplari qo’pol holda buziladi. Natijada o’rganilayotgan uslubning effekti haqidagi olinayotgan informasiya yolg’on, xulosa ishonchsiz, chunki yuqori hosil sug’oriladigan yer uchastkasida ko’proq ko’chat soni hisobiga olinishi mumkin, sug’orilmaydigan yerda siyrak ko’chatlar soni ko’p bo’lishi bu yerda namlik yetishmasligi bilan hosildorlikning juda kamayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun ham yuqoridagi kabi misollarda, hyech qachon sug’oriladigan va sug’orilmaydigan yer uchastka variantlarida bir xil ko’chat soni olishga harakat qilinmaydi. Ular har xil bo’lib, har bir sharoit uchun optimal bo’lishini ta’minlanishi metodik jihatdan to’g’ri bo’ladi. Sug’oriladigan yer uchastkasida dala tajribasi o’tkazishning xususiyatlaridan eng asosiysi o’rganilayotgan variantlar o’simliklarini sug’orishdir. Sug’orish tadbirlarini amalga oshirishda o’ziga xos muammolar ham mavjuddir. Bu muammolar, variantlar qatorlariga suvning to’g’ri bir xilda taqsimlanishi va regulyator barpo etish bilan bog’liq. Sug’orish normasining variantlarda ozgina o’zgarib ketishi ham tuproq namligining tajriba uchastkasida har xil bo’lishiga olib keladi. Hosildorlik variantlar orasida o’zgarib, o’rganilayotgan omil effektini mavhumlikka olib keladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun tajriba uchastkasini tajribaga tayyorlash PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com vaqtida izchil kapital tekislanadi. Tajriba uchun ajratilgan maydonda 10-15 sm lik egrilik sezilsa, u kapital plantirovka qilinadi. Agar tajribada o’rganilayotgan omil suv rejimini o’rganish bo’lsa, bu tadbirning ahamiyati yanada oshadi. Tajriba uchastkasida qatorlar uzunasiga qarab ma’lum bir nishablikka ega bo’lishi kerak. Bu nishablik 100 metr uzunlikka 0.01-0.02 yoki 0.001-0.008 (0.1-0.8m) bo’lishi kerak. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling