Ату ва ииа маърузалар матни doc


Tabiiy  sharoitda  poliz  ekinlari  ekilgan  tuproqlarda  dala  tajribalari


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/65
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#253761
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari

Tabiiy  sharoitda  poliz  ekinlari  ekilgan  tuproqlarda  dala  tajribalari. 
Poliz  ekinlari  bilan  olib  boriladigan  tajribalar  metodik  uslubiyati  ko’p  tomonlari 
bilan qishloq  xo’jaligi texnik ekinlari  tajribalariga o’xshash  bo’ladi.  Poliz ekinlari 
metodik  uslubiyatidagi  farqlar  bu  ekin  turlarining  morfologik,  biologik  keskin 
farqlanishi  jihatlaridan  bir-biridan  keskin  farqlanishi  bilan  bog’liq  bo’lib,  ular 
tajribaning  dasturi  yaratilishida  metodik  uslubiyat  qismi  differensiasiyalanadi. 
Ya’ni  umumiy  dehqonchilik  ekinlaridan  bo’lakchalar  kattaligi  hisob-kuzatuv 
yo’llari,  hosil  sifatini  baholash  va  boshqalar  bilan  kuchli  farqlanadi.  Shunga 
qaramay  ilmiy-tadqiqot  asoslarining  negizi  bo’lgan  tajriba  tipikligi,  tajribaning 
reprezentativligi,  yolg’iz  farqlik  va  tajriba  ishonchligi  kabi  prinsiplari  tabiiy 
sharoitdagi poliz ekinlari tajribasining ham ajralmas mohiyatlaridir.  
 
Poliz  ekinlari  tajribasi  uchun  boshqa  texnik  ekinlarga  nisbatan  o’ta 
madaniylashgan  va  tekislangan  yerlar talab etiladi.  Bu poliz ekinlarining ba’zi  bir 
turlari  uchun  unga  kichik  yer  bo’lakchalarini  tashkil  qilish  imkonini  beradi.  Bu 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


kichik  yer  uchastkasi  o’simlik  morfologik  rivoji,  shoxlash  holatiga  mos  bo’ladi. 
O’simlik  qalinligi  ham  tajriba  aniqligiga  salbiy  ta’siri  ruxsat  chegarasida 
belgilanadi.  Ilmiy  izlanishlar  natijasida  tabiiy  sharoitda  (ochiq)  poliz  ekinlari 
tajribasi uchun optimal hisob-kitob qilish uchun bo’lakchalari kattaligi o’rnatilgan, 
bunga  binoan:  turp  va  rediska  5-10;  piyoz,  sabzi,  petrushka,  no’xat,  garmdori  10-
30;  bodring,  karam,  pomidor,  baqlajon  va  lavlagi  20-50;  tarvuz,  qovun  va 
oshqovoq 200-150 m
2
 larda ekilsa, bu ekin turlari uchun optimal ekan.  
 
Dala  tajribalari  amaliyotining  ko’rsatishicha,  sabzavot  ekinlari  tajribasi 
uchun  bu  ekinlar  takrori  4-6  ta  bo’lakchalarni  o’z  ichiga  olsa,  uslubiy  talab 
bajariladi.  Chunki  bu  ekinlarning  o’ziga  xos  agrotexnikasi  ham  bor.  Agar 
o’simliklar  rivoji  davrida  texnika  ishlatiladigan  bo’lsa  (kultivatorlar)  unda 
yuqoridagi  takrorlar  texnika  talabini  ham  e’tiborga  olinib  joylashtiriladi. 
Amaliyotga  joriy  qilingan  ko’pchilik  ko’rsatmalarda  bo’lakchalar  shakli  1:2,  1:5, 
texnikadan  foydalaniladigan  tajribalarda  esa  kengligi  uzunligiga  1:10.  Tajribani 
lotin  kvadrati  uslubida  yoki  o’simliklarda  zararkunanda,  kasallik  va  begona 
o’tlarga qarshi kimyoviy moddalar samaradorligini o’rganish kabi hollarda kvadrat 
shaklidagi bo’sh bo’lakchalarga joylashtiriladi.  
 
Poliz ekinlari tajribasida ham tajriba variantlari texnik ekinlari tajribalaridagi 
kabi  tasodifiy  sistematik  standartlar  usulida  joylashtiriladi.  Bularning  ichida  poliz 
ekinlari  uchun  eng  optimal  usul  bu  tasodifiy  usul  hisoblanadi.  Izlanishlar 
natijasining ko’rsatishicha, shunday usulda o’rganilgan omillar natijasiga ko’ra eng 
ishonchli  ma’lumotlar  olingan.  Ba’zi  hududlarda  poliz  ekinlari  tajribalari  uchun 
asosan yaruslarda bo’lakchalarni shaxmatli va sistematik holatda joylashtirish ham 
keng tarqalgan. Bunday holda lotin kvadrati va to’g’ri burchak kam bo’lakli va yer 
uchastkasi keraklicha tekislanmagan sharoitlar uchun foydalanilgan. Bu yerda lotin 
kvadrati  tajribasida  4-6,  lotin  to’g’ri  burchagi  esa  8-16  variantli  bo’lgandagina 
ishlatiladi. 
 
Poliz  ekinlari  dala  tajribasida  uning  urug’i,  urug’ni  sepish  yoki  ko’chatni 
o’tkazishga katta e’tibor beriladi. Urug’ sepiladigan bo’lsa, uning  bir  xilligi, kelib 
chiqishi  aniq  va  bir  reproduksiyaga  taaluqli  bo’lishi  shart.  Bordiyu  ko’chat 
qalinligi  o’rganilayotgan  tajribada  asosiy  omil  bo’lmasa,  u  holda  ko’chat 
qalinligining mana shu tajriba amalga oshirilayotgan xudud uchun optimal qalinligi 
tajriba uchun ham qabul qilinadi. Bo’lakchalarda tajriba ekish uslubiyatiga binoan 
kerakli  ko’chat  qalinligi  qat’iyan  o’rganiladi.  Kerak  bo’lsa  yagonalash  ham 
o’tkaziladi.  Ekish  ko’chatlar  yordamida  amalga  oshirilsa,  ko’chatlar  bir  xil 
sharoitda  o’stirilgan  bo’ladi.  Bundan  tashqari,  ular  bir  kun  ichida  qisqa  vaqtda 
dalaga eqiladi.  

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling