Ату ва ииа маърузалар матни doc


Tabiiy  fizik  hodisalar  natijasida  tuproq  eroziyasini  o’rganish  uchun


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/65
Sana08.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#253761
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
agrokimyoviy tekshirish usullari va ilmiy izlanish asoslari

Tabiiy  fizik  hodisalar  natijasida  tuproq  eroziyasini  o’rganish  uchun 
tashkil  etilgan  dala  tajribalarining  xususiyatlari.  Xalq  xo’jaligining  qishloq 
xo’jaligi,  suv  xo’jaligi,  yo’l  qurilishi  tarmoqlari  va  energetik  sohalarga  suv  va 
shamol  ta’siri  oqibatida  sodir  etiladigan  eroziya  prosessi  beqiyos,  tiklab  bo’lmas 
zarar  keltirishi  mumkin.  Bu  qishloq  xo’jaligi  ekinlarining  yakson  qilinishi 
bilangina  chegaralanib  qolmay,  balki  tuproqning  hosil  bera  oladigan  qatlamining 
batamom  yuvilib  ketishidir.  Natijada  bu  yerlar  tuproq  eroziyasiga  uchrab,  uzoq 
davrga qishloq xo’jalik oborotidan chiqib ketadi. 
 
Eroziya  jarayonlarining  vujudga  kelishi,  rivojlanish  qonuniyatlari  va  unga 
qarshi  samarali  tadbirlarni  qidirib  topish  uchun  mintaqalarda  ko’pgina  oliy  o’quv 
yurtlari  va  ilmiy  muassasalar  shug’ullanadilar.  Eroziya  muammosini  o’rganishda 
murakkab  masalalardan  biri  eroziya  jarayonining  kattaligi,  shamol  tezligi  va 
suvning  miqdori  hamda  tezligi  orasida  bir-biri  bilan  bog’liq  holda  variasiya 
berishidir. Buning sodir bo’lishi haqida faqat metereologik tomondan ma’lumotlar 
berish mumkin.  
 
Amaliyotda  yaratilib,  tuproq  eroziyasiga  qarshi  ishlatilayotgan  kompleks 
tadbirlarning qanchalik samaradorligini o’rganish uchun tashkil etilgan tajribalar 6-
8  yildan  kam  bo’lmagan  kuzatuv  siklini  egallaydi.  Chunki  bu  tajriba  kuzatuvlari 
har xil ob-havoli, ko’p yillikni qamrab olishi shart ekanligi ma’lum. 
 
Eroziyaga  qarshi  tadbirlar  sinalayotgan  tajribalarda  yana  bir  xususiyati 
shundan  iboratki,  tajriba  uchun  olingan  variantlar  bo’lakchalari  o’ta  keng 
bo’laklarga  ega  bo’lishidir.  Bunda  tabiiy  eroziya  prosessini  to’laroq  egallab 
yetarlicha  obyektiv  ashyolar  to’plash  imkoniyati  tug’iladi.  Ushbu  regionda  tabiiy 
eroziya xususiyati batafsil yoritiladi. 
 
 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling