Audit, audit turlari va uning ahamiyati Ichki nazorat Auditorlik javobgarligi
Download 61.32 Kb.
|
8 mavzu Audit va moliyaviy nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Auditorlik javobgarligi
Ichki nazorat
1. Ichki nazorati tizimini tashkil etishning bosh maqsadi aksiyadorlarning va boshqa mulk egalarining huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlashdan iborat. 2. Ichki nazorat operativ tarzda quyidagilarni ta’minlashi kerak: a) aktivlarning butligini saqlash, resurslardan tejamli va samarali foydalanish; b) amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlari talablariga rioya qilish; v) o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasi va biznes rejalarini bajarish; g) buxgalteriya hujjatlari, moliyaviy hisobotlar, boshqaruv faoliyatiga oid hujjatlar to‘liqligi va to‘g‘riligi; d) tavakkalchilikning paydo bo‘lishi davrida uni aniqlash va tahlil qilish; ye)tavakkalchilikni rejalashtirish va boshqarish, jumladan, tavakkalchilikni boshqarish bo‘yicha to‘g‘ri qarorlarni o‘z vaqtida qabul qilish. 3. Ichki nazorat tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: a) uzluksiz faoliyat yuritish – ichki nazorat tizimining doimiy va uzluksiz ishlashi istalgan me’yoriy cheklanishlarni o‘z vaqtida aniqlash va kelgusida ularning vujudga kelishini oldini olish imkonini beradi; b) ichki nazorat tizimi barcha ishtirokchilarining hisobdorligi – har bir shaxsning nazorat vazifalarining bajarilish sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi; v) majburiyatlarning hodimlar kesimida to‘g‘ri, adolatli taqsimoti ; g) operatsiyalarning tegishli tarzda ma’qullanishi va tasdiqlanishi –barcha moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining mas’ul shaxslar tomonidan o‘z vakolatlari doirasida tasdiqlanishi tartibini o‘rnatadi; d) ichki audit boshqarmasining tashkiliy yaxlitligi va uning tashqi audit orqali Kengashga bevosita bog‘liqligini ta’minlash; ye) ichki nazoratga mas’ul barcha sub’ektlarning nazorat funksiyalarini tegishli tarzda bajarishiga mas’ulligi; yo) ichki nazoratni barcha bo‘linmalarining o‘zaro aniq harakatlari asosida amalga oshirish; j) muntazam rivojlanish va takomillashish – yangi normativ xujjatlarni tezlik bilan qabul qilish va uni ijrosini ta’minlash; z) me’yordan chetlanishlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z vaqtida uzatish – me’yordan chetlanishlar to‘g‘risidagi xabarlar mas’ul shaxslarga maksimal qisqa muddatlarda taqdim qilinishi kerak; i) mas’uliyat tamoyili – samarali ichki nazoratni tashkil etish uchun har bir nazorat vazifasi faqat bitta sub’ektga biriktirilishi kerak (ayni damda bitta sub’ektga bir necha nazorat vazifasi yuklanishi mumkin). 4. Har bir xodim o‘z vazifalarining tegishli tarzda bajarilishi uchun iqtisodiy, ma’muriy, intizomiy mas’ullikni his qilishi kerak. Bunda mas’ullik muayyan vazifaning muayyan shaxs tomonidan bajarilishi belgilangan bo‘lishi kerak. 5. Nazorat vazifalarining bajarilish sifati ichki nazoratning yuqoriroq lavozimli ishtirokchisi tomonidan nazorat qilinadi. Auditorlik javobgarligi «Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi» Qonunning 8 moddasiga muvofik auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xujalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy xisobotdan boshka foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot xamda xujalik yurituvchi sub’ektning boshka moliyaviy axboroti to‘g‘risida noto‘g‘ri yakundan iborat bo‘lgan auditorlik xulosasini tuzish okibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o‘tkazganlik yoki lozim darajada o‘tkazmaganlik okibatida xujalik yurituvchi sub’ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun xujjatlarida belgilangan tartibda koplanishi shart. Shuningdek, auditorlik tashkilotining javobgarligi Uzbekistan Respublikasi Fukarolik Kodeksi 336 moddasiga muvofik ikki taraflama shartnomani bajarmaslik okibatida xam vujudga keladi. Unda ko‘rsatilishicha: agar ikki taraflama shartnomada bir taraf o‘zi javobgar bo‘lgan vaziyat tufayli uni bajarishi mumkin bo‘lmay qolsa, ikkinchi taraf, basharti qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomadan voz kechishga va shartnomaning bajarilmasligi tufayli yetkazilgan zararni undirib olishga xakli. Download 61.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling