Audit, audit turlari va uning ahamiyati Ichki nazorat Auditorlik javobgarligi
Moliyaviy hisobot axborotlarini sohtalashtirish
Download 61.32 Kb.
|
8 mavzu Audit va moliyaviy nazorat
4.Moliyaviy hisobot axborotlarini sohtalashtirish
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa korrupsiya bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar Ushbu Qonunning maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yilning 24 noyabrida qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yilning 13 dekabrida ma’qullangan. Hujjatda «korrupsiya», «korrupsiyaga oid huquqbuzarlik», «manfaatlar to‘qnashuvi» kabi asosiy tushunchalarga izoh berilgan. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari keltirib o‘tilgan. Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish; Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qilmish; Manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarishga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qaramaqarshilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat. Qonunning 4-moddasiga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi. 5-modda. Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari: - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish; - davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish; - korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shartsharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash. Qonunning 4-bobida Korrupsiyaning oldini olishga doir chora tadbirlari keltirilgan: - davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir choratadbirlar qatorida davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish; - korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; - davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish; - davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-axloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish; 19-moddada davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar sirasida davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlarining samarali ijtimoiy himoya qilinishini, moddiy ta’minot olishini va rag‘batlantirilishini ta’minlash kerakligi qayd etib o‘tilgan. 20-moddaga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar: - ma’muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-taomillarni soddalashtirish hamda ularning tezkorligini oshirish; - davlat organlarining nazorat-tekshiruv vazifalarini maqbullashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimini takomillashtirish, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; - davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish; 22-modda. Ma’muriy tartib-taomillar sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar: - qonuniylik va adolatlilik prinsiplarini ta’minlash, ma’muriyboshqaruv jarayonining beg‘arazligi kafolatlarini yaratish, ushbu jarayonning shaffofligini, tashqi va ichki nazorat uchun ochiqligini oshirish; - o‘z ixtiyoricha harakat qilish vakolatlarini cheklagan holda ma’muriy tartib-taomillarni batafsil tartibga solish, byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik; - soddalashtirilgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy etish; - davlat organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilishning va yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashning samarali mexanizmlarini belgilash. Qonunning 26 moddasiga ko‘ra, davlat organlarining xodimlari ularni korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga doir barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Bunga amal qilmaslik, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishga olib keladi. 25-modda (Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlashga doir chora tadbirlar) va 28-modda asosida (Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni himoya qilish) korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar davlat himoyasida bo‘ladi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni ta’qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi. 31-modda (Axborot olish) har kim davlat organlarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida, shu shaxsning o‘ziga yoki shaxslar guruhiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarning qabul qilinish jarayonlari haqida axborot olish huquqiga egaligini ta’minlaydi. Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan, jamiyat uchun ahamiyatga molik voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi xabarlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga taqdim etadi. 32-moddaga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlik O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari chet davlatlarning vakolatli organlariga zarur axborotni taqdim etish to‘g‘risida so‘rovlar yuborish va ularning so‘rovlariga javob berish huquqiga ega. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar natijasida olingan molmulkni O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq qaytarish choralarini ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasida audit soxasini yanada rivojlanishiga Prezidentimizning 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ № 3946 sonli “O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori katta axamiyat kasb etdi. Jumladan: Mazkur qaror e’lon qilinishi natijasida auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qarashlarga chek qo‘yildi; Auditorlik xizmatlari sifatini yuqori bo‘lishi va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi ta’minlana boshladi; Auditorlarning doimiy malakalarini oshirishlari va kasbiy maxoratlarini orttirish yo‘lida bir qator ishlar amalga oshirildi, ularning yuzaki va mazmunsiz bo‘lishi xollariga chek qo‘yildi; Auditorlik faoliyatining milliy standartlari umum e’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos kelishini ta’minlash maqsadida aksionerlik jamiyatlari, yirik soliq to‘lovchilar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va davlat ulushi mavjud korxonalarda auditning xalqaro standartlari qo‘llanila boshladi. Bu esa o‘z navbatida xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlay boshladi. Yuqoridagi xolatlarni kengroq tushunish maqsadida auditorlik dalili xaqida to‘xtalamiz. Auditorlik dalilining sifati ular olingan manbaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Auditorlik dalillarini shakllantirish uchun quyidagilar manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin: ■ dastlabki xujjatlar ■ buxgalteriya hisobi registrlari; ■ moliyaviy hisobotlar; ■ moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tahlili natijalari; ■ inventarlash natijalari qayd etilgan xujjat ■ kompaniya xodimlaridan olingan yozma va og‘zaki tasdiqlovlar; ■ kompaniya laboratoriyasi taqdim qilgan xujjatlar; ■ huquq tartibot va soliq idoralari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv dalolatnomalari; ■ ichki va tashqi auditorlarning hisobotlari; ■ tasis xujjatlari, yig‘ilish bayonnomalari, shartnomalar, buyruqlar... Auditor noto‘g‘ri xulosa chiqarib qo‘yish xavfini kamaytirish uchun o‘z fikrlarni bir necha manbadan olgan malumotlarga asoslanib shakllantirishi lozim. Agar bir manbadan olingan dalillar boshqa bir manbadan olingan malumotlarga mos tushmasa, yoki ularni inkor qilsa auditor o‘z izlanishla-rini chuqurlashtirishi va bu voqelik bo‘yicha yuzaga kelgan shubhani bartaraf qilishga imkon beruvchi dalillarni izlab topishi lozim.Ushbu dalillar avval aytib o‘tganimizdek voqelikka mos va yetarli va sifatli bo‘lishi lozim. “Etarlilik” auditorlik dalilining miqdor mezoni bo‘lib hisoblansa, "mos tushish" tushunchasi dalilni ishonchlik darajasini belgilaydi. Auditorlik dalilining sifatiga quyidagi omillar tasir ko‘rsatishi mumkin: a) yolg‘on axborot berish tavakkalchiligining darajasi. Bu tavakkalchilik quyidagilar tasiri ostidagi yuzaga kelishi mumkin: ● moddaning mohiyati; ● ichki nazoratning xolati; ● kompaniya tomonidan bajarilayotgan tadbirlarning mohiyati; ● rahbariyatga tasir ko‘rsatish kuchiga ega bo‘lgan xolatlar; ● korxonaning moliyaviy xolati; b) moddaning moliyaviy axborotdagi moddiylik darajasi; c) ilgarigi auditorlik tekshiruvlarida ortirilgan tajriba; d) auditorlik tekshiruvi natijalari, aniqlanishi mumkin bo‘lgan aldov va xatoliklar; e) axborotning turi Mana shu omillarning tasiri kanchalik kuchli bo‘lsa auditorlik dalilining tasdiqlov kuchi shunchalik past bo‘ladi yoki aksincha. Yuqorida bayon qilingan usullar auditorga mijoz kompaniyaning moliyaviy hisoboti bo‘yicha fikr bildirish uchun yetarli va ishonchli dalillar yig‘ish imkonini beradi. Auditor tekshiruv jarayonida aniqlangan xatolik, xujjatlarni rasmiylashtirishdagi chetga chiqish va qonunga xilof muomalalar bo‘yicha to‘plagan dalil va isbotlarini o‘zining ishchi qog‘ozlarida muomalaning mazmuni, uning yuzaga kelgan sanasi, xujjatning raqami, imzo chekkan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatgan holda qayd qilib boradi. Shuningdek, Auditning Xalqaro standartlarida ularning shakli, mazmuni va ko‘lamiga bir qator talablar qo‘yilgan. Auditni hujjatlashtirish qog‘ozda, yoki elektron shaklda yoki boshqa axborot vositalarida amalga oshirilishi mumkin.Auditorning ishchi xujjatlari mazmun jixatdan auditni rejalashtirish to‘g‘risidagi yozuvlarni, auditorlik xizmatlarining xususiyati, o‘tkazish vaqti va bajariladigan ishlar xajmi to‘g‘risidagi yozuvlarni, moliyaviy axborotlarni xususiyati to‘g‘risidagi yozuvlarni, audit jarayonida olingan malumotlar asosida qilingan xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim. Ishchi xujjatlar shunchalik darajada to‘liq va keng qamrovli bo‘lishi lozimki, u bilan tanishgan boshqa auditor o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi to‘g‘risida umumiy tasavvurga ega bo‘lishi lozim.Bundan tashqari auditorning ishchi xujjatlariga kiritilgan malumotlar aniq yoritilgan va qayd etilgan bo‘lishligi xamda uning mazmuni va shaklini boshqacha tarzda talqin qilinishiga yo‘l qo‘ymaydigan darajada tushunarli bo‘lishligi kerak. Amaliyotda xar bir audit obekti bo‘yicha xujjatlashtirilishi lozim bo‘lgan xolatlarni, ularning shakli va ko‘lamini auditorlik tashkilotlari o‘zlari belgilaydilar. Bu jarayonni amalga oshirishda ular 230-sonli Audit Xalqaro Standartining A2- bandiga ko‘ra auditni hujjatlashtirishning shakli, mazmuni va ko‘lamiga tasir qiluvchi quyidagi omillarni etiborga olishlari lozim: tadbirkorlik sub’ektining hajmi va murakkabligi. amalga oshiriladigan auditorlik tartib-taomillarining xususiyati. hisobotda muhim buzib ko‘rsatish bo‘yicha aniqlangan risklar. olingan auditorlik dalillarining ahamiyatliligi. aniqlangan istisnolarning xususiyati va ko‘lami. istisnolarning xususiyati va ko‘lami. bajarilgan ish yoki olingan auditorlik dalillaridan yaqqol ko‘rinmaydigan yoki aniqlab bo‘lmaydigan ayrim xulosa yoki muloxazalarni hujjatlashtirishning zarurligi. foydalanilayotgan audit uslubiyoti va vositalari. Auditorning ishchi xujjati rasmiy tus olishi uchun 230-sonli Audit Xalqaro Standartining 10-moddasiga ko‘ra eng kamida quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim: - xujjatning nomi; - xo‘jalik yurituvchi subektning nomi; - audit o‘tkazilayotgan davr; - audit taomillarini o‘tkazish yoki xujjatni tuzish sanasi - xujjatning mazmuni - xujjatni tuzgan shaxsning imzosi, FISh - xujjatni tekshirgan shaxsning imzosi, FISh Auditorning ishchi xujjatlariga qo‘yilgan muxim talablardan yana biri ularda aks ettirilgan malumotlar olingan manbaga ishora ko‘rsatilgan bo‘lishi lozimligidir. 230-sonli AXS moliyaviy xisobot auditi jarayonida yuzaga keladigan ahamiyatli masalalarni va ularga tegishli ahamiyatli professional mulohazalarni hujjatlashtirishga aloxida etibor berish lozimligini takidlaydi. Mazkur standartning A8-bandida axamiyatli masalalarga quyidagilar misol tariqasida keltiriladi: ● ahamiyatli risklarni yuzaga keltiradigan masalalar. ● auditorlik tartib-taomillarining natijalari, qaysiki moliyaviy hisobotlar muhim buzilgan bo‘lishi mumkinligini, yoki muhim buzib ko‘rsatish risklari bo‘yicha auditorning oldingi baholashini o‘zgartirish zarurligini va auditorning ushbu risklarga javoblarini ko‘rsatadi. ● zaruriy auditorlik tartib-taomillarini qo‘llashda auditorga ahamiyatli qiyinchilikni tug‘diradigan holatlar. ● auditorlik fikrini modifikatsiyalashga yoki auditorlik hisobotida tushuntirish bandini kiritilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Auditor rahbariyat, korporativ boshqaruv yuklatilgan shaxslar va boshqalar bilan ahamiyatli masalalarning muhokamasini, jumladan muhokama qilingan ahamiyatli masala-larning xususiyati va muhokamalar qachon va kim bilan o‘tkazilganini hujjatlashtirishi lozim. Hujjatlashtirish bu borada auditor tomonidan tayyorlangan xujjatlar bilan cheklanmaydi, balki tadbirkorlik sub’ekti xodimi tomonidan tayyorlangan va auditor bilan kelishilgan uchrashuvlar bayonlari kabi boshqa o‘rinli xujjatlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Auditor ahamiyatli masalalarni muhokama qilishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslar tadbirkorlik sub’ektidagi boshqaruv xodimlari va tadbirkorlik sub’ektiga professional tavsiyalar beradigan shaxslar kabi tashqi tomonlar bo‘lishi mumkin. Auditning xalqaro Standartlarini amaliyotga qo‘llash Moliyaviy xisobotning xalqaro standartlariga o‘tishda katta axamiyat kasb etadi. Xamda xorijiy investorlarning auditga bo‘lgan ishonchini orttiradi va qolaversa auditor kasbining axamiyatini yanada oshiradi. 2.4 Audit Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ma’lum miqdordan ortiq yillik hisoblari (daromad bo‘yicha) odatda kompaniyadan mustaqil shaxs tomonidan tekshirilishi kerak. Kompaniya a’zolari odatda moliyaviy hisobotlarni ko‘rib chiqish va ularning to‘g‘ri va adolatli fikr bildirishlari to‘g‘risida hisobot berish uchun ro‘yxatdan o‘tgan auditorlar firmasini tayinlaydilar. Auditorlar o‘z ishini tugatgandan so‘ng, ular bajargan ishlari va shakllangan fikrlarini tushuntiruvchi hisobot tayyorlashlari kerak. Oddiy hollarda, ular o‘z ishlarini Audit standartlariga muvofiq bajarganliklari va ularning fikriga ko‘ra, bayonotlar haqiqat va ob’ektiv tasvirni aks ettirganligi va kompaniya qonunchiligiga muvofiq to‘g‘ri tayyorlanganligi haqida hisobot berishlari mumkin. Bu sifatsiz (yoki "toza") audit hisoboti deb ataladi. Ba’zida auditorlar hisoblar bo‘yicha rahbariyat bilan kelishmovchiliklari mumkin. Agar ular rahbariyatni hisobotni o‘zgartirishga ishontira olmasalar va agar ko‘rib chiqilayotgan ob’ekt boshqa sabablarga ko‘ra katta yoki muhim bo‘lsa, auditorlar rahbariyat bilan kelishmovchiligi bo‘lgan masala (lar)ni aks ettiruvchi malakali hisobot tayyorlashlari shart. Auditorlar o‘z hisobotlarida havola qilingan moliyaviy hisobotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi. • Foyda va zarar hisoboti (ba’zan foyda va zarar to‘g‘risidagi hisobot deb ataladi) • Moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot (ilgari buxgalteriya balansi deb ataladi) • Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot (ilgari pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot) • Yordamchi eslatmalar Audit hisoboti kompaniyaning e’lon qilingan bayonotlariga kiritilgan. U kompaniya a’zolariga (rahbariyatga emas) qaratilgan. 2.4.1 Ichki audit Ichki auditorlar - mas’uliyati rahbariyat tomonidan belgilanadigan va ichki nazorat tizimlarining samaradorligi to‘g‘risida hisobot beradigan kompaniya xodimlari. Download 61.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling