Audit fanidan oraliq nazorat ishi Bajardi: Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev Baxrom


Download 1.04 Mb.
bet2/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1748493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit fanidan

1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan «Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi. 1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi. Auditorlik standartlarining ahamiyati quyidagilardan iborat: Auditning barcha standartlari quyidagi qismlardan tashkil topadi: 1. Umumiy qoidalar; 2. Standartda foydalaniladigan asosiy tushuncha va qoidalar; 3. Standartning mohiyati;

Umumiy qoidalarda quyidagilar aks ettiriladi: - mazkur standartni ishlab chiqishning maqsadi va zarurligi; - standartlashtiriladigan ob’ekt; - standartning qo’llanilish (amal qilish) sohasi; - boshqa standartlar bilan o’zaro aloqasi. Xalqaro Audit Standartlari – XAS (International Standards of Auduting – ISAs) Buxgalterlarning Xalqaro Federatsiyasi BXF (International Federation Accountants – IFAC) tarkibidagi Auditorlik Amaliyoti bo’yicha Xalqaro Komitet – AAXK (International Auditing Practice Committee - IAPC) tomonidan ishlab chiqiladi. IFAC 1977 yil 7 oktyabrda tashkil topgan. Ushbu Federatsiyaga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan, O’zbekistonning ham, milliy buxgalterlik jamoat tashkilotlari a’zo bo’lib kirgan.

Xalqaro audit standartlari xalqaro miqyosda auditorlik faoliyatining sifati va mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu standartlar va me’yorlar bir qancha sohalar bo’yicha ishlab chiqiladi: a) audit bo’yicha xalqaro me’yorlar; b) boshqaruv hisobining xalqaro amaliy qoidalari; 144 v) jamoat sektori bo’yicha xalqaro me’yorlar. IFAC hisob va auditga doir barcha faoliyatini o’zining qo’mitalari orqali tashkil etadi va amalga oshiradi. Hozirgi vaqtda bular jumlasiga: auditorlik amaliyoti bo’yicha qo’mita, o’qitish bo’yicha qo’mita, etika (axloq) bo’yicha qo’mita, moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi bo’yicha qo’mita, rejalashtirish bo’yicha qo’mita, jamoat sektori bo’yicha qo’mita va boshqalar kiradi. Butun dunyo auditorlari mazmunan o’xshash ishni bajarsalarda, har bir mamlakatda auditorlik faoliyatini tashkil etish o’zining milliy xususiyatlariga ega bo’lishi mumkin. Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling