Audit fanidan oraliq nazorat ishi Bajardi: Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev Baxrom


Download 1.04 Mb.
bet4/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1748493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit fanidan

 Ushbu qo’mita 1973 yilda to’qqiz mamlakat, ya’ni Kanada, Avstriya, Germaniya, Frantsiya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShning professional buxgalteriya tuzilmalari tomonidan ta’sis etilgan. Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etdi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqdi. Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 2014 yil 1 yanvar holatiga 21 ta auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi. 

Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim. Bu esa milliy auditorlik standartlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Bu tadbirlar oxir-oqibatda respublikamizning jahon iqtisodiy integratsiyasiga tobora chuqurroq qo’shilishiga imkon beradi. Hozirgi kunda auditning xalqaro standartlari ro’yxati quyidagilardan iborat: «Xalqaro audit standartlari va turdosh xizmatlarga izoh» - 100-son XAS «Terminlar glossariysi» - 110-son XAS «Xalqaro audit standartlarining kontseptual asoslari» - 100-son XAS«Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar» - 200-son XAS «Audit o’tkazish to’g’risidagi kelishuv xati» - 210-son XAS «Audit sifatini nazorat qilish» - 220-son XAS «Hujjatlashtirish» - 230-son XAS «Aldash va xato» - 240-son

Xalqaro auditorlik amaliyoti qo’mitasi xalqaro audit standartlari (XAS)ni chop etish huquqiga ega. Ushbu hujjatning maqsadi auditorlar tomonidan ko’rsatilishi mumkin bo’lgan xizmatlar yuzasidan XAS chop etadigan kontseptual asosni yoritishdan iborat. Soddalashtirish maqsadida, maxsus ko’rsatma mavjud bo’lgan holatlar bundan istisno, “auditor” atamasi Auditning xalqaro standartlari matni bo’yicha auditorlik xizmatlari bilan bir qatorda, kasbga doir xizmatlarni ko’rsatadigan shaxsga nisbatan qo’llaniladi. Bunda kasbga doir xizmatlarni ko’rsatayotgan shaxs albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas. Moliyaviy hisobot, odatda har yili tayyorlanadi va taqdim etiladi, keng doiradagi foydalanuvchilarning umumiy ma’lumotga bo’lgan ehtiyojlarini 146 qondirish uchun mo’ljallangan. Aksariyat foydalanuvchilar moliyaviy hisobotga ma’lumot olishning asosiy manbasi sifatida qaraydilar, zero ular aniq ma’lumot olish talablariga javob beradigan qo’shimcha ma’lumot olish vakolatiga ega emas


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling