Audit fanidan oraliq nazorat ishi Bajardi: Abdusamadov Yusuf Toʻraqulov Abror Mamadaliyev Baxrom


Download 1.04 Mb.
bet3/5
Sana04.11.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1748493
1   2   3   4   5
Bog'liq
Audit fanidan

Auditorlik faoliyatining xalqaro standartlari va me’yorlari esa u yoki bu mamlakatning milliy standartlari va me’yorlarini bekor qilmaydi. Ko’plab mamlakatlar (O’zbekiston 1999 yildan boshlab) o’zlarining milliy standartlarini va boshqa me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqmoqdalar. Ular IFACning asosiy talablarini ta’minlash zaruratiga yo’naltirilgan o’z auditorlik uslubiyatiga ega. Auditorlik standartlari 4 xil bo’ladi: 1. Auditning umumiy standartlari; 2. Auditning ishchi standartlari; 3. Hisobot standartlari; 4. Maxsus standartlar. Auditning umumiy standartlariga quyidagilar kiradi: - Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va uni tartibga soluvchi asosiy tamoyillar; - Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat majburiyati. Auditning ishchi standartlariga quyidagilar kiradi:

Hisobot standartlariga quyidagilar kiradi: - Moliyaviy hisobotni tekshirganligi xususida auditorlik hisoboti; - Buxgalteriya hisoboti to’g’risida auditorlik xulosasini tuzish tartibi; - Auditorlik xulosasini imzolash sanasi va buxgalteriya hisoboti tuzilgan va taqdim qilingandan keyingi sanadan yuz beradigan voqealarni aks ettirish. Bu standartlarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish hamda auditorlik xulosasini tuzishning asosiy qoidalari ifodalanadi. Bular yordamida auditor auditorlik tekshiruvining hajmi va ko’lamini, shuningdek, muayyan uslubini tanlashi mumkin. Shu bilan birgalikda audit standartlari auditorlik tekshiruvi sifatini baholovchi mezon bo’lib xizmat qiladi. Maxsus standartlarga quyidagi standartlar kiradi: - Maxsus maqsaddagi audit shartnomasi bo’yicha auditorlik hisobot;

Bozor infratuzilmasining unsurlari, avvalambor, auditorlik tashkilotlari faoliyatining o’zimizga xos, milliy standart asosida faoliyat yuritishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda bozor munosabatlarini jadallashtirishda respublikamizning jahon bozoriga chuqurroq integratsiyalashuvi iqtisodiy islohotlarni rivojlantirishni, iqtisodiy munosabatlarni yanada kengroq amalga oshirish uchun auditorlik faoliyatini xalqaro andozalarga moslashtirishni ham taqozo qilmoqda. Mamlakatimizda asta-sekin auditning milliy standartlari ishlab chiqilmoqda. Auditning milliy standartlarini ishlab chiqishda, avvalo, xalqaro standartlarga murojaat etiladi. Auditning xalqaro standartlari Xalqaro buxgalteriya standartlari bo’yicha qo’mita tarkibida doimiy qo’mita huquqlariga ega bo’lgan Auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tomonidan ishlab chiqiladi. 


Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling