1
|
2
|
Direktorat
|
Ichki audit bo’limi rahbariyatdan buyruqlar, farmoyishlar, ko’rsatmalar, rejalar oladi va shu bilan birga ularni bajarilishi bo’yicha hisobotlar topshiradi, tashkilot faoliyatga baxo, taklif va xulosalar beradi.
|
Ta’minlash va saqlash bo’limi
|
Ichki audit bo’limi material texnik holatini tekshiradi, TMZ sotib olish bo’yicha tuzilgan shartnomalar samaradorligi bilan tanishib chiqadi, ishlab chiqarishga berilgan materialllar hisobotlarini o’rganib chiqadi, qabul qilish va hisobdan chiqarish dalolatnomalarini tekshiradi, TMZ qabul qilinishi qonuniyligini nazorat qiladi.
|
Omborxona
|
Ichki audit bo’limi TMZ xarakatini, kirim va chiqim o’z vaqtida hisobda aks ettirilganligini, material hisobotlarni, yuk xatlarini, hisob-fakturalarni, moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnomaning tuzilganligi, saqlash normalariga rioya qilinganligini nazorat qlilib boradi
|
Ishlab chiqarish tsexlari
|
Ichki audit bo’limi ishlab chiqarish hisobotlarini, xom ashyoni ishlab chiqarishga berilganligini tasdiqlovchi yuk xatlari, reja va haqiqatda ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot miqdorini nazorat qiladi. Xarajatlarni mahsulot tannarxiga to’g’ri oborilayotganligini, texnik ko’rik va sifat qayd qilish jurnallari to’ldirilishini tekshiradi va ishlab chiqarish faoliyatiga baho beradi.
|
Rejalashtirish va iqtisod bo’limi
|
Ichki audit bo’limi norma va normativlar o’rnatilganligini, ishlab chiqarish, moliyaviy va tijorat faoliyatida rejadagi ishlar bajarilayotganligini to’g’risidagi hisobotlarni, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo’yicha sotish narxining rejalashtirilganligi, shtatlar jadvalining mavjudligini nazorat qiladi.
|
Buxgalteriya hisobi bo’limi
|
Ichki audit bo’limi buxgalteriya, moliyaviy va statisika hisobotlaridagi ma’lumotlar haqqoniyligini tekshiradi, debitor va kreditorlar, byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalar bo’yicha hisobotlarini tekshiradi va boshqalar. Tahlil va inventarizatsiya materiallarini taqdim etadi. Soliq qonunchiligida buxgalteriya sohasiga taaluqli o’zgarishlar, yangilillar bilan tanishtirib boradi.
|