Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga
Аудиторлик ҳисоботининг якуний қисми
Download 61.83 Kb.
|
zarnigor auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аудиторлик ҳисоботи учун жавобгарлик.
Аудиторлик ҳисоботининг якуний қисми.
auditorlik hisoboti — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida buzarliklar to‘g‘risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvini o‘tkazish natijasida olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjat. Auditorlik hisobotining yakuniy qismi Auditorlik hisobotining yakuniy qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak: buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha auditorlik tashkilotining umumiy xulosalari va tavsiyalari; buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar, hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiya va takliflar; auditorlik hisoboti tuzilgan sana; auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi tomonidan auditorlik hisobotini olganligi to‘g‘risida belgi. Auditorlik tashkiloti o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha tayyorlangan auditorlik hisobotiga asosan auditorlik xulosasini tuzishi lozim. Аудиторлик ҳисоботи учун жавобгарлик. Auditorlik tashkilotining javobgarligi Auditorlik tashkiloti auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish uchun javobgar hisoblanadi. Auditorlik hisobotidagi axborot maxfiy hisoblanadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Ushub axborotdan foydalangan shaxslar axborotni oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. ХО'jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining javobgarligi: ХО'jalik yurituvchi subyekt rahbariyati buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning tayyorlanishi va haqqoniyligi, hamda ichki nazorat tizimi uchun javobgardir. Auditorlik tashkilotining javobgarligi: Auditorlik tashkilotining javobgarligi oʻtkazilgan auditorlik tekshiruviga asosan ushbu moliyaviy hisobot yuzasidan fikr bildirishdan iborat. Biz" XXX" tashkilotining ilova qilingan moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o'tkazdik. Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlar barchа muhimlilik jihatlari bo'yichа buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi va haqqoniyligini baholashdan iborat. Biz auditorlik tekshiruvini Auditorlik faoliyatining milliy standartlariga muvofiq o'tkazdik. Ushbu standartlar moliyaviy hisobot jiddiy buzib ko'rsatishlarga ega emasligiga yetarli darajadagi ishonchga ega bo'lishni ta'minlovchi auditorlik tekshiruvini rejalashtirishni va o'tkazishni taqozo etadi. Auditorlik tekshiruvi auditorlik dalillarini olishga yo'naltirilgan auditorlik amallarini o'tkazishni o'z ichiga oladi. Auditorlik amallarini tanlash bizning mulohazamizning predmeti hisoblanadi. Fikr bildirishni rad etish uchun asos boʻladigan, maxsus qismda qayd etilgan vaziyatlar natijasida, bizda auditorlik tashkiloti fikrini ifodalash uchun asoslarni ta'minlovchi yetarli darajadagi auditorlik dalillarini olish imkoniyati boʻlmadi. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling