Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga
Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?
Download 61.83 Kb.
|
zarnigor auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18.Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz
17.Ichki nazorat tizimini o’rganish qanday amalga oshiriladi?
Buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash auditorlik tashkilotining ish hujjatlarida albatta (majburiy tartibda) aks ettirilishi lozim. Bunda quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi: a) maxsus ishlab chiqilgan test amallaridan; b) rahbariyat xodimlari va buxgalteriya ishchilarining fikrlarini aniqlash maqsadida namunaviy savollar ro‘yxatidan; v) tekshiruv varaqalari va maxsus blankalardan; g) e’tirozlar ro‘yxati, bayonnoma yoki dalolatnomalardan. Auditorlik tashkiloti mazkur va boshqa auditorlik faoliyatining milliy standartlari talablari asosida buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini o‘rganishning va baholashning tartibini, hamda uslubini mustaqil ishlab chiqadi, shuningdek baholash va o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, auditorlik tekshiruvi amallarini rejalashtiradi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning nazorat tizimini baholash natijasida alohida auditorlik amallarining to‘liqligi va hajmining kamaytirilishi va boshqa aynan shunday hollarda atroflicha asoslangan bo‘lishi lozim. Auditorning buxgalteriya hisobi tizimining tashkil qilinishi va ichki nazorat tizimining samaradorligi to‘g‘risidagi fikri auditorlik amallarini o‘tkazishni rejalashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi tizimining xususiyatlari, shuningdek ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholash natijalarining hujjatlashtirilmaganligi yoki yetarli darajada hujjatlashtirilmaganligi auditorlik tekshiruvining lozim darajada o‘tkazilmaganligiga dalil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Auditorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan buxgalteriya hisobi tizimi va ichki nazorat tizimining kamchiliklari, shuningdek ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar auditorlik hisobotida aks ettirilishi lozim 18.Nazorat muhiti deganda nimalarni tushunasiz? Nazorat muhiti deganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatining ichki nazorat tizimini belgilash va ushlab turishga yo‘naltirilgan amaliy harakatlari va xabardorligi tushunilib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektni boshqarishning asosiy tamoyillarini; b) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasini; v) ishchilarning vakolati va javobgarligining taqsimlanishini; g) amalga oshirilayotgan xodimlar siyosatini; d) tashqi foydalanuvchilar uchun moliyaviy hisobotlarni tayyorlash tartibini; e) hisob siyosati, ichki hisob va hisobot tizimi ishlab chiqilishini; j) xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining umuman qonunchilikka mosligini. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling