Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga


Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday o’rganish mumkin?


Download 61.83 Kb.
bet9/28
Sana09.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1471956
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
zarnigor auditi

12.Tekshiriladigan korxona (mijoz) faoliyatini qanday o’rganish mumkin?
Auditorlik tekshiruvni rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iqtisodini yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish. Buning uchun korxona faoliyatiga ta’sir qiladigan ichki hamda tashqi omillar haqida ma’lumotlarni to’plash zarur. Auditor birinchi navbatda e’tibor berish lozim bo’lgan, korxona iqtisodiga ta’sir qiladigan ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulkchilik shakli va boshqaruv tuzulmasi, korxonaning qanday maqsadda tashkil etilganligi, korxona faoliyatida amalga oshiriladigan asosiy muomalalar, moliyasi, xodimlari, hisob yuritish siyosati, korxonaning uchinchi shaxslar bilan o’zaro munosabatlari. Тashqi omillarga mijoz faoliyat qiladigan tarmoq, mamlakatdagi iqtisodiy holat kiritiladi. Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik shakllariga, balki qarorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga ham bog’liq. Boshqaruv jarayonini bilish nafaqat auditorga zarur bo’lgan materiallarni to’plash uchun, balki uning hisobotidan asosiy foydalanuvchilarni aniqlab, uning ishlaridagi xatarli vaziyatlarni to’g’ri baholashda ham unga yordam beradi. Auditor mulkchilik shakli va tuzilishini o’rganishi uchun quyidagi ma’lumotlarni to’plash zarur:
yirik mulk egalarining ro’yxati;
firmalar va bo’linmalarning ro’yxati;
shu’ba korxonalar, tobe korxonalar va investitsiya qilinadigan boshqa ob’ektlar;
korxonaga rahbarlik qiluvchi va ijro organlari, shuningdek ichki auditning roli va funksiyalari;
boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi;
yuqori mansabdor shaxslar majburiyatlari va javobgarliklarini chegaralash;
boshqaruv qarorlarini, shu jumladan buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritish sohasidagi qarorlarni qabul qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladigan ma’lumotlar manbalari;
rahbariyatning ish haqini belgilaydigan omillar;
korxonani, uning buxgalterlik tizimini, o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlari va uning natijalari bo’yicha rahbariyatning rejalari va kutilayotgan natijalari. Тekshiriladigan korxonaning maqsadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun zarurdir. CHunonchi, agar auditor ishini rejalashtirish chog’ida mulk egalarining korxonani tugatmoqchi ekanliklari aniqlansa, bunda u korxona hisobotiga nisbatan faoliyat qilayotgan korxona prinsipini qo’llamasligi haqida auditorlik hisobotiga ta’kidlash kiritishga tayyorlanishi zarur. Korxonaning maqsadlarini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur: mahsulotlar va xizmatlarning asosiy turlari; boshqa korxonalar, guruhlar bilan birlashishga oid yoki korxonaning sotib olish, sotish bo’yicha rejalari; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik sohasidagi yirik korxonalar; rejalashtirilgan kapital qo’yilmalar; yangi bozorlarga chiqish rejalari; axborot texnologiyasidagi o’zgarishlar, soliqlarni rejalashtirish strategiyasi. Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli holatlarini to’g’ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi. Korxonaning moliyaviy tuzilmasini bilish auditorga korxonaning mablag’larga bo’lgan talabini va ularning kelish manbalarini, korxonaning haqiqiy to’lov qobiliyatini aniqlash va shu bilan birga u kelgusida o’z muomalalarini amalga oshira olishini aniqlashda yordam beradi. Тekshiriladigan korxonaning hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni tekshirishning samarali metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Hisob yuritish siyosatini tushunish uchun quyidagilarni ko’rib chiqish zarur: hisob yuritish siyosatini qabul qilish tartibi; hisob yuritish siyosatiga o’zgartirishlar kiritish; talab etishi mumkin bo’lgan, korxona faoliyatida va qonunchilikda ruy berishi kutilayotgan o’zgarishlar; hisob yuritish siyosatining amaldagi qonunchilikka mosligi, hisob yuritish siyosatining mazkur tarmoq uchun xosligi

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling