Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga
Uyg’unlik, uzluksizlik va maqbullik tamoyillari deganda nimalarni tushunasiz?
Download 61.83 Kb.
|
zarnigor auditi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10.Korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturi qanday tuziladi
9.Uyg’unlik, uzluksizlik va maqbullik tamoyillari deganda nimalarni tushunasiz? Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi.
Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, shu’ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi. Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak. 10.Korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazish ishchi dasturi qanday tuziladi? Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi auditorlik tashkilotining rahbari va auditorlik guruhining rahbari tomonidan tuziladi. Ishchi dasturida tekshiriladigan tashkilot nomi, audit davri, sarflanadigan kishi-soatlar miqdori, auditorlik guruhining tarkibi, rejalashtiriladigan auditorlik riski, audit bo‟limlari bo‟yicha audittorlik amallari ro‟yxati aks ettiriladi. Auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ishchi dasturi uch bo‟limdan iborat bo‟ladi: 1.Buxgalteriya hisobi va ichki audit holati hamda moliyaviy hisobot sifatini baholash; 2.Korxonaning moliyaviy-xo‟jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish; 3.Kamchiliklarni bartaraf qilish bo‟yicha takliflar va tavsiyalar berish. Ish dasturining 1-bo‟limida auditor quyidagi auditorlik amallarning mavjudligi va qonuniyligiga e‟tiborni qaratishi kerak: 1.Ta‟sis hujjatlarining mavjudligi va ustav kapitaliga tegishli bo‟lgan balans ma‟lumotlarining haqqoniyligi; 2.Buxgalteriya hisobi registrlari, aylanma va qoldiq balanslarini tanlab tekshirish; 3.Xo‟jalik mablag‟lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari bo‟yicha inventarizasiya ma‟lumotlarining mavjudligi; 4.Ilgargi davrlarda auditorlar va soliq inspeksiyasi tomonidan o‟tkazilgan tekshiruvlarning dalolatnomalari hamda auditorlik xulosalarining mavjudligini; 5.Xo‟jalikda ichki auditning tashkil etilish holatini tekshirish; 6.Hisob va hisobotga oid qonunlar va nizomlarning mavjudligini hamda ularga amal qilish ahvolini. Ish dasturining 2-bo‟limida korxonaning moliyaviy hisoboti va u bilan bog‟lik bo‟lgan barcha jarayonlardagi moliyaviy axborotlarning qonun hujjatlari talablariga mos kelish-kelmaslik holatlarini auditorlik tekshiruvidan o‟tkazish ko‟zda tutiladi, ya‟ni quyidagilar dasturda aks ettiriladi: 1.Ta‟sis hujjatlari, xo‟jalikning ichki va tashqi munosabatlarini belgilaydigan me‟yoriy hujjatlar mavjudligini tekshirish; 2.Xususiy kapitalning shakllanishi, kredit resurslarining mavjudligi hamda ishlatilishi holatini tekshirish; 3.Kassa, hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‟lari va pul hujjatlarini tekshirish; 4.Uzoq muddatli va joriy aktivlar mavjudligi va holatini tekshirish; 5.Mehnatga haq to‟lash, hisobdor shaxslar bilan, debitorlar va kreditorlar bilan, byudjet bilan bo‟ladigan hisob-kitoblar holatini o‟rganish; 6.Xarajatlar, daromad va moliyaviy natijalarning holatini tekshirish. Dasturning 3-bo‟limida auditorlik tekshirish natijasida aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni bartaraf qilish bo‟yicha berilgan maslahatlar va tavsiyalar aks ettiriladi. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling