Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga


Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish qanday amalga oshiriladi?


Download 61.83 Kb.
bet5/28
Sana09.06.2023
Hajmi61.83 Kb.
#1471956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
zarnigor auditi

6.Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish qanday amalga oshiriladi? Auditning umumiy rejasini tuzish
Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy mehnat xarajatlari;

  1. muhimlik darajasi;

  2. auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  3. auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

auditorlik guruhining barcha a’zolariga yo’l-yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish auditorlik guruhi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish
7.Audit dasturini tayyorlash va tuzish qanday amalga oshiriladi? Audit dasturi auditning umumiy rejasini takomillashtirish hisoblanadi va audit rejasini amaliyotda bajarish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillar mazmunining batafsil ro‘yxatini aks ettiradi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Auditor audit dasturini hujjat bilan rasmiylashtirishi, auditor ish jarayonida o‘zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun har bir bajariladigan auditorlik tartib-taomilini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak. Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko‘rinishida va mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-qoidalari dasturi ko‘rinishida tuzish kerak. Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish uchun mo‘ljallangan harakatlar majmuining ro‘yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha aylanmalar va saldoni to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o‘z ichiga oladi. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari dasturi ana shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra tartib-taomillar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday bo‘limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo‘limi bo‘yicha audit dasturini tuzishi kerak bo‘ladi. Auditni o‘tkazish shartlari va auditorlik tartib-taomillari natijalarining o‘zgarishiga bog‘liq holda audit dasturi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak. Auditorlik dasturining har bir bo‘limi bo‘yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun haqiqiy material, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida auditorning xolisona fikrini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Audit dasturining namunaviy tarkibi mazkur standartga 2-ilovada keltirilgan. Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so‘ng, auditning umumiy rejasi va dasturi hujjat bilan rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda imzolanishi kerak

Download 61.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling