Auditorlik risklarning maqbul to’plami, uning elementlari va ularni baholash tartibi qanday amalga
Auditni rejalashtirishning qanday bosqichlari mavjud?
Download 61.83 Kb.
|
zarnigor auditi
4.Auditni rejalashtirishning qanday bosqichlari mavjud? Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:
Dastlabki rejalashtirish; Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; Audit dasturini tayyorlash va tuzish. Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart: Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar; Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar; Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak: a) xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi; b) ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi; v) kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovka qilinishi kerak bo‘lgan holda); g) mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari; d) rentabellik darajasi; e) xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari; j) tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi; z) sho‘ba va tobe tashkilotlar mavjudligi; i) xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi; k) xodimlar mehnatiga haq to‘lashni shakllantirish prinsiplari. Auditor uchun quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida axborot olish uchun manba hisoblanishi kerak: Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi; Xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar; Xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari majlislari, aksiyadorlar yig‘ilishlarining yoxud boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari. Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o‘zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar; Buxgalteriya hisobotlari; Statistika hisobotlari; Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar); Xo‘jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari; Auditorlar, maslahatchilarning ichki hisobotlari; Firmaning ichki yo‘riqnomalari. Soliq tekshiruvlari materiallari; Sud da’volari materiallari; Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va sho‘ba korxonalari ro‘yxati;Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar; Xo‘jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko‘zdan kechirishda olingan axborot. Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti audit o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o‘tkazish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi. Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart: Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi uchun ish vaqti budjetini; Guruh ishining mo‘ljallanayotgan muddatlarini; Guruhning miqdoriy jihatdan tarkibini; Guruh a’zolarining mansab darajasini; Guruh xodimlarining vorisligini; Guruh a’zolarining malaka darajasini. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash jarayonida auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektda amal qilayotgan ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi va ichki nazorat tizimi riskini (nazorat riskini) baholashni amalga oshiradi. Agar ichki nazorat tizimi noto‘g‘ri axborot paydo bo‘lgani to‘g‘risida o‘z vaqtida ogohlantirsa, shuningdek, noto‘g‘ri axborotni aniqlasa, uni samarador deb hisoblash mumkin. Ichki nazorat tizimining samaradorligini baholanishida, auditorlik tashkiloti auditorlik isbot-dalillarining yetarli miqdorini to‘plashi kerak. Agar auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotning ishonchliligi xususida yetarli darajada ishonch hosil qilish uchun ichki nazorat tizimiga va buxgalteriya hisobi tizimiga asoslanishga qaror qilsa, u kelgusi audit hajmini tegishli tarzda tuzatishi kerak bo‘ladi. Audit umumiy rejasi va dasturini tayyorlashda auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotni ishonchli deb hisoblash imkonini beradigan muhimlilik darajasi va auditorlik riskining uning uchun maqbul darajasini belgilashi kerak. Auditorlik riskini rejalashtirishda, auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi subyekt auditidan qat’i nazar, ushbu hisobotga xos bo‘lgan moliyaviy hisobotning ajralmas riski va nazorat riskini belgilaydi. Belgilangan risklar va muhimlilik darajasi yordamida auditorlik tashkiloti audit uchun ahamiyatli sohalarni aniqlaydi va zarur auditorlik tartib-taomillarini rejalashtiradi. Audit jarayonida rejalashtirishda belgilangan auditorlik riski va muhimlilik darajasining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadigan holatlar yuzaga kelishi mumkin. Audit dasturi auditning umumiy rejasini takomillashtirish hisoblanadi va audit rejasini amaliyotda bajarish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillar mazmunining batafsil ro‘yxatini aks ettiradi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi. Auditor audit dasturini hujjat bilan rasmiylashtirishi, auditor ish jarayonida o‘zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun har bir bajariladigan auditorlik tartib-taomilini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak. Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko‘rinishida va mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-qoidalari dasturi ko‘rinishida tuzish kerak. Download 61.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling