Ijtimoiy soha vakillarining etika kodeksi Ijtimoiy soha vakillarining etika kodeksi, Ijtimoiy xizmat vakillarining mintaqalararo assotsiatsiyasi tomonidan 1994 - yilda qabul qilingan bo’lib, ijtimoiy xizmatda odob ahloq normalarini o’zida aks ettiradi. Ijtimoiy xizmat ishchilarining ahloqiy etik normalarining o’ziga xos o’rni shundan iboratki, ishchilarning kasbiy faoliyati ma’lum bir shaxslarga, oilalarga hamda ijtimoiy guruhlarga yordam ko’rsatish bo’lib hisoblanadi. Kasbiy etika kodekslari. Kasbiy ahloqning etika kodeksi jamiyat oldida alohida majburiyatga ega bo’lgan kasblar uchun shziga xos o’rin egallaydi: davlat xizmatchilarida, sudyalarda, shifokorlarda, buxgalterlarda va auditorlarda. Jahon miqyosida auditorlik etikasining vujudga kelishi va rivojlanishiga AICPA (Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti), GAAS (Dunyoda amal qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (Qimmatli qog’oz va birja operatsiyalarining narx qo’mitasi)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Mazkur kodeks 4 qismdan iborat: kontseptsiya, o’zini tutish qoidalari, tushuntirishlar va etik me’yorlar. Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish uchun: Audit sohasida chuqur huquqiy va iqtisodiy bilim, malakaga va yuqori texnik mahoratga ega bo’lish uchun: - Auditor buyurtmalarni kasbiy kom-petentlik bilan bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim;
- Topshiriqni bajarish vaqtida auditor zarur kasbiy sinchkovlikni namoyon qilishi zarur;
- Auditor topshiriqning bajarilishini zaruriy tarzda rejalashtirishi va nazorat qilishi zarur;
- Auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va ilmiy asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |