Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
NAZORAT SAVOLLARI
Tanlash nima va u auditda tanlash qanday ahamiyat kasb etadi? Auditor tekshiruvda tanlovni qo’llashdan maqsadi nima? Tanlashning qanday turlari mavjud va u nimalarga qarab foydalaniladi? Auditorlik tanlashning qaysi usuli samaraliroq va uning qaysi birini tanlashni kim tayinlaydi, u nimaga qarab belgilanadi? Auditorlik tanlashning natijasi nimada aks etadi? Auditorlik tanlashning qanday usullari mavjud? Muvofiq (mos) kelishni tanlab tekshirish deganda nimani tushunasiz? Mohiyatan tanlab tekshirish. Tanlash ko’lami qanday ta’riflanadi? Kuzatish birligi. Tanlash birligi. Tanlash uslublari qanday ta’riflanadi? Saylab olish hajmi. Salmoqli (reprezentativ) tanlash qanday ta’riflanadi? Tanlangan ma’lumotlarni tekshiriladigan to’plamga qnaday tadbiq qilinadi? Sistematik tanlash qanday ta’riflanadi? Uyg’unlashgan tanlash qanday ta’riflanadi? 1-Masala. Umumiy xujjatlar soni 500ta bo’lib, tanlab tekshiriladigan xujjatlar 50ta. Topshiriq: Tanlab olish intervalini va tasodifiy tanlash tartibini aniqlang? 2-Masala. Auditor mol etkazib beruvchilar bo’yicha 60ta xujjatni tekshirib chiqdi va 2ta xujjatda xatolik aniqlandi. Mol etkazib beruvchilar bo’yicha umumiy xujjatlar soni 400ta. Topshiriq: Ushbu aniqlangan xatolikning umumiy to’plamga ta’sirini aniqlang? 12-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVINING YAKUNIY BOSQICHI NAZORAT SAVOLLARI 1. Audit natijalariga qanday baho beriladi? 2. Auditorning ishchi hujjatlarini tahlil qiling deganda nimalar nazarda tutilgan? 3. Auditorlik xulosasi qanday tuziladi, uning tarkibi nimalardan iborat bo’ladi va ularda asosan qanaqa ma’lumotlar aks etadi? 4. Auditorlik xulosa kimga taqdim etiladi? 5. Auditorlik xulosasining kirish qismida nima aks etadi? 6. Auditorlik xulosasining analitik qismida nima aks etadi? 7. Auditorlik xulosasining xulosa qismida nima aks etadi? 8. Audit standartlari bo’yicha xulosasining nechta va qanday turlari, shakllari mavjud va ular nimalarga asoslanib rasmiylashtiriladi? 9. Qanday holatlar auditorlik xulosasining turini aniqlaydi: Ijobiy xulosa Shartli-ijobiy xulosa Salbiy xulosa Xulosa berishdan bosh tortish. 10. Tekshirish natijalarini baholashda muhimlilik tamoyiliga asoslaniladimi, bunga sabab nima? 11. Aniqlangan xatolar jiddiyligiga baho bering. 12. Aniqlangan xatoliklarni to’g’rilash yuzasidan maslahatlar bering hamda keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xatoliklar haqida ma’lumotlar bering. 13. Holatlar bo’yicha xulosalarni 1-jadvalda aks ettiring, shuningdek auditorlik xulosasining analitik va yakuniy qismini tayyorlash uchun olingan natijaviy ma’lumotlarga izoh yozing. 14. Auditorlik xulosasining sanasi va auditorlik xulosasidagi imzolar to’g’risida nimalar bilasiz? 15.Auditorlik xulosasida adresat qanday ko’rsatiladi? Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling