Аудиторское заключение


Download 0.58 Mb.
bet17/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Talab qilinadi: Qurilish tannarxining to’g’ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik dalillarini topish.
Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to’g’riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tasdiqlash.


3-Masala. «XXX» firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik dalillarini to’pladi:

  1. «XXX» firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili;

  2. «XXX» firmasiga tegishli bo’lgan aktsiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi aktsionerlar reestridan ko’chirma;

  3. Auditorning o’zi ishtirok etgan tovar-moddiy zahiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi;

Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang.


4-Masala. Auditor tomonidan kuyidagi auditorlik amallari bajarildi:

  1. Transport vositalarini ro’yxatga olish xujjatlari tekshirildi;

  2. Transport vositalarini kabul qilishdagi birlamchi xujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi;

  3. Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi;

  4. Transport vositalarini sotgan mol etkazib beruvchilardan og’zaki tasdiq olindi;

Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi?


5-Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko’ra turkumlang va ularni muhimliligi va ishonchliligiga ko’ra tartib bilan qo’yib chiqing:
A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko’rsatilgan summalar;
B) Tasdiqlangan xujjatlarni ro’yxatga olish jurnalining «Schyotlar bo’yicha to’lovlar» bo’limida ko’rsatilgan summalar;
V) Auditorga to’g’ridan-to’g’ri yo’llangan kreditorlar xatidagi ko’rsatilgan summalar;
G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko’chirmada ko’rsatilgan summalar.


6-Masala. Auditorlik dalillar bo’yicha ishchi standart talabiga ko’ra, auditor muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha testlar o’tkazish; b) qoldiqlar bo’yicha testlar o’tkazish; v) analitik protseduralar.
Quyida esa alohida auditorlik protseduralari sanab o’tilgan va siz ularni yuqorida aytib o’tilgan muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o’ting:
1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko’rsatkichlarni solishtirish.
2. Cheklar reestrida qayd etilgan «To’langan» cheklar bo’yicha provodkalarni topshirish.
3. To’lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o’tkazish.
4. Zahiralar aylanuvchanlik koeffitsentini hisoblash va tarmoq bo’yicha taqqoslash.
5. Yil oxiriga bank schyotlarini tekshirish.
6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schyot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish.
7. Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zahiralarini inventarizatsiyadan o’tkazish.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling