Аудиторское заключение


Aniqlang: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling. 6-Masala


Download 0.58 Mb.
bet8/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Aniqlang: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling.


6-Masala. Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik firmasiga televizor ishlab chiqarayotgan korxonadan audit o’tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o’rtog’ingiz bu kompaniyada tovarlar sotish bo’yicha menedjer lavozimida faoliyat ko’rsatadi.
Aniqlang: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil qiling.


7-Masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan so’ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo’l qo’yilganligini e’lon qildi.
Aniqlang: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling.


5-MAVZU: AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY TALABLAR


Quyidagi atamalarga izoh bering: Malakaviy talablar, ahloqiy talablar, auditor malakasini oshirish shartlari, kasb etikasi, auditor kompetentligi, maxfiylik, mustaqillik, vijdonlilik, adolatlilik, litsenziya talablari, litsenziyani bekor qilish va to’xtatish, auditor ish sifatini nazorat qilish.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Buyurtmachi mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini (auditorni) tanlash huquqiga egami?

  2. Qanday holatlarda audit o’tkazish uchun shartnomani tuzish mumkin emas?

  3. Auditorning huquqlari va majburiyatlari qaysi me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan?

  4. Qaysi hujjatda buyurtmachining huquqi va majburiyatlari aniqlanadi?

  5. Buyurtmachining javobgarligiga nimalar kiradi?

  6. Auditorlik tashkilotining (auditorlarning) javobgarligiga nimalar kiradi?

  7. Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun qanday talablar qo’yilgan?

  8. Auditorlik faoliyatini yuritish uchun litsenziyani olishda Moliya vazirligiga qanday xujjatlar taqdim etilishi shart?

  9. Auditorlar qanday ahloq me’yorlariga amal qilishlari lozim?

  10. Auditor boshqa auditor yoki ekspert ma’lumotlaridan foydalanishi mumkinmi, ularni o’zaro munosabatlari qanday bo’lishi lozim?

  11. Auditor tekshirilayotgan korxonani roziligisiz u xaqidagi ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi?

  12. Auditorlar palatasi funktsiyalari nimalardan iborat?

  13. Auditorlik faoliyatini kim nazorat qiladi?

  14. Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?

  15. Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?

1-Masala. «XXX» tashkiloti auditorlik tashkilotiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish yuzasidan murojaat kildi. Ushbu auditorlik tashkiloti «XXX» tashkilotini bir necha yildan beri tekshiruvdan o’tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Topshiriq: Agar auditorlik tashkiloti korxonaga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko’rsatsa, auditorlik tekshiruvi o’tkazayotgan vaktda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko’rsatadimi?


2-Masala. «XXX» firmasining ta’sischisi auditorlik tashkilotiga «XXX» firmasi ijrochi direktorini ishdan bo’shatish maqsadida auditorlik tekshiruvi o’tkazishga taklif qildi. Tekshiruvning to’lov haqi qo’yilgan maqsadga erishishdan kelib chiqib belgilanadi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling