Аудиторское заключение


Topshiriq: Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak? 2-Masala


Download 0.58 Mb.
bet11/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Topshiriq: Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?


2-Masala. «XXX» firmasi sizning auditorlik firmangizga tekshiruv o’tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o’z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«XXX» firmasining ikkita bo’linmasi mavjud bo’lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo’lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o’rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo’linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo’lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkala bo’limda ham buxgalter mavjud bo’lib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo’lim daromadli bo’lib, ikkinchi bo’limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo’limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo’limning menedjerlari yuqori malakali bo’lib, ishni to’g’ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aktsiyalar kursini ko’tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Topshiriq: Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.
7-MAVZU: AUDITORLIK TEKShIRIShNI REJALAShTIRISh


Quyidagi atamalarga izoh bering: Auditni rejalashtirish tamoyillari, auditni dastlabki rejalashtirish, auditning umumiy rejasini tuzish, auditorlik guruhini shakllantirish, audit dasturi, audit amallari, tekshiruvda risk va jiddiylikni esktrapolyatsiyalash tartibi, auditorning ishchi xujjatlari, bajariladigan ishlar hajmi.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Auditni rejalashtirishning zaruriyati nimadan iborat?

  2. Audit qanday maqsad uchun rejalashtiriladi?

  3. Xo’jalik sub’ektining qaysi hujjatlari tekshirish uchun rejalashtiriladi va nima uchun?

  4. Mijozning hisob tizimi batafsil o’rganish uchun auditor kuzatishning qanday usullaridan foydalanishi mumkin?

  5. Auditorga mijozning tijorat to’g’risidagi ma’lumotlari nima uchun zarur bo’ladi?

  6. Auditor nazoratni baholash uchun qanday tadbirlarni bajarish kerak bo’ladi?

  7. Auditor ishlarini rejalashtirishda uni o’tkazishni qanday umumiy qoidalaridan foydalaniladi?

  8. Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning umumiy qoidalari nimalardan iborat?

  9. Audit ishlarini kompleks rejalashtirishning uzluksizlik qoidasi (printsipi) nimadan iborat?

  10. Rejalashtirishning optimallik printsipi nimadan iborat?

  11. Auditni rejalashtirishning qanday asosiy bosqichlari mavjud?

  12. Audit ishlarini rjalashtirishning natijalaridan qanday foydalaniladi?

  13. Auditni rejalashtirish hajmi nimalarga bog’liq?

  14. Audit ishlarini rejalashtirishning natijalari qanday hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi?

  15. Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni nimadan iborat?

  16. Auditning umumiy rejasi va dasturini tuzish strategiyasi nima?

  17. Auditning umumiy rejasining mazmunini izohlab bering?

  18. Audit dasturining mazmunini izohlab bering?

  19. Korxona bilan bog’liq umumiy tavakkalchilik tushunchasiga nimalar kiradi?

  20. Auditdagi aniqlanmagan tavakkalchilik nima?

  21. Tavakkalchilik darajasini baholashning qanday kriteriyalari mavjud?

  22. Ichki tavakkalchilik nima?

  23. Auditorlik ishchi hujjatlarining ahamiyati nimadan iborat?


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling