Аудиторское заключение
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
Talab qilinadi: Qurilish tannarxining to’g’ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik dalillarini topish.
Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to’g’riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tasdiqlash. 3-Masala. «XXX» firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik dalillarini to’pladi: «XXX» firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili; «XXX» firmasiga tegishli bo’lgan aktsiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi aktsionerlar reestridan ko’chirma; Auditorning o’zi ishtirok etgan tovar-moddiy zahiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi; Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang. 4-Masala. Auditor tomonidan kuyidagi auditorlik amallari bajarildi: Transport vositalarini ro’yxatga olish xujjatlari tekshirildi; Transport vositalarini kabul qilishdagi birlamchi xujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi; Transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi; Transport vositalarini sotgan mol etkazib beruvchilardan og’zaki tasdiq olindi; Talab qilinadi: Yuqorida bajarilgan auditorlik amallarining qaysi biri korxonaning transport vositalariga egalik qilish huquqini isbotlab beradi? 5-Masala. Quyida keltirilgan dalillarni manbasi (to’g’ridan-to’g’ri ma’lumot, tashqi yoki boshqa shu kabilar)ga ko’ra turkumlang va ularni muhimliligi va ishonchliligiga ko’ra tartib bilan qo’yib chiqing: A) Kreditorlarning oylik hisobotida ko’rsatilgan summalar; B) Tasdiqlangan xujjatlarni ro’yxatga olish jurnalining «Schyotlar bo’yicha to’lovlar» bo’limida ko’rsatilgan summalar; V) Auditorga to’g’ridan-to’g’ri yo’llangan kreditorlar xatidagi ko’rsatilgan summalar; G) Direktorlar Kengashi majlisidan ko’chirmada ko’rsatilgan summalar. 6-Masala. Auditorlik dalillar bo’yicha ishchi standart talabiga ko’ra, auditor muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning quyidagi keltirilganlarning biridan foydalanishi mumkin a) Xo’jalik operatsiyalari bo’yicha testlar o’tkazish; b) qoldiqlar bo’yicha testlar o’tkazish; v) analitik protseduralar. Quyida esa alohida auditorlik protseduralari sanab o’tilgan va siz ularni yuqorida aytib o’tilgan muhimlilikka ko’ra test o’tkazishning qaysi turiga kirishini jadval asosida keltirib o’ting: 1. Haqiqiy natijalar bilan rejadagi ko’rsatkichlarni solishtirish. 2. Cheklar reestrida qayd etilgan «To’langan» cheklar bo’yicha provodkalarni topshirish. 3. To’lashga doir hisoblangan foizlarni qayta hisob-kitobini o’tkazish. 4. Zahiralar aylanuvchanlik koeffitsentini hisoblash va tarmoq bo’yicha taqqoslash. 5. Yil oxiriga bank schyotlarini tekshirish. 6. Realizatsiya jurnali provodkalari bilan schyot-fakturalar hisobini solishtirib tekshirish. 7. Yil oxiriga mavjud korxona kantselyariya zahiralarini inventarizatsiyadan o’tkazish. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling