Аудиторское заключение
Quyidagi atamalarga izoh bering
Download 0.58 Mb.
|
«Ички аудит» масалалар туплами
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLARI
- Talab qilinadi
Quyidagi atamalarga izoh bering: Xususiy kapital, uning tarkibi, ustav kapitali, aktsiyadorlar, aktsiyadorlar reestri, qo’shilgan kapital, zahira kapitali, emission daromad, mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar, tekinga olingan mulk, kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervi, taqsimlanmagan foyda.
NAZORAT SAVOLLARI Ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishlarni audit qilishda qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi? Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? Ustav kapitali hisobi va hisoboti auditi qanday o’tkaziladi? Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi lozim? Ustav kapitadlini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi? Ustav kapitalini shakllantirshida va ta’sischilar bilan hisoblashishlarda soliqqa tortish tekshirish xususiyatlari qanday amalga oshiriladi? 1-masala. Ta’sis shartnomasiga muvofiq tashkilotning ustav kapitali bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan. Ta’sischilardan biri ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish huquqini o’tkazish yo’li bilan 2000000 so’m miqdorda 10 yil muddatga o’z hissasini qqshdi. Buxgalteriya hisobida hissalarni rasmiylashtirish quyidagicha aks ettirilgan. D-t 6610 K-t 8310 2000000 Ustav kapitaliga qo’shiladigan hissasi D-t 0480 K-t 6610 2000000 Shunday qilib, yangi tashkil etilgan tashkilot bu huquqni o’zining nomoddiy aktivlar tarkibiga kiritadi. 2 yildan so’ng auditorlik tekshiruvlari davomida aniqlanadiki, ko’rsatilgan nomoddiy aktiv ta’sischi balansi hisobida bo’lmagan, buning oqibatida ta’sischi uni ustav kapitaliga hissa sifatida o’tkazishga haqli emas edi. O’tgan davr uchun ushbu nomoddiy aktivga D-t 2010 K-t 0580 provodka orqali amortizatsiya hisoblangan. Amortizatsiya ajratmalari summasi 40000 so’mni tashkil etdi. Talab qilinadi: Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing. 2-masala. A tashkilot V korxonaning ustav kapitalidagi ulushi 25000 ming so’mni tashkil qiladi. A tashkilotning ulushini S korxona 32000 ming so’mga sotib oldi. A tashkilotida bu xo’jalik muomalalari quyidagicha aks ettirilgan. D-t 5110 sch., K-t 8330 sch - 25000 ming so’m. D-t 5110 sch., K-t 9590 sch - 7000 ming so’m. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling