Аудиторское заключение


Download 0.58 Mb.
bet56/60
Sana14.02.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1196581
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60
Bog'liq
«Ички аудит» масалалар туплами

Talab qilinadi: Yukoridagi holat bo’yicha buxgalteriya provodkalariga baho bering, zarur bo’lsa kerakli to’g’rilashlarni amalga oshiring?


3-masala. Ichki auditorni tayyorlash uchun tashkilot uning maxsus auditorlik kursida o’qish uchun va auditorlik kurslari va auditorlar attestati olish bilan bog’liq xarajatlarni to’ladi. Bu operatsiya hisobda quyidagicha aks ettirilgan.
D-t 9430 K-t 5110 - 400000 so’m
Talab qilinadi: Yukoridagi holat bo’yicha buxgalteriya provodkalariga baho bering, zarur bo’lsa kerakli to’g’rilashlarni amalga oshiring?

4-masala “ALSCOM” kompaniyasida 2008 yil bo’yicha quyidagi moliyaviy natija aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500 000$ ni tashkil etgan .Buxgalteriya hisoboti bo’yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori 100 000$ ,soliq hisoboti bo’yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil etadi . Kompaniya bank kreditidan foydalanganligi uchun ,bankka 50 000$ miqdorida foiz to’lovlarini to’lagan . Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan foiz stavkasi bo’yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi Soliq stavkasi 10% Kompaniya 2008 yil uchun byudjetga 25 000$ daromad solig’i to’lagan .


Topshiriq: Ushbu muomlalarni tekshiring va auditorlik dalolatnomasini tuzing .
Auditor hisoboti va xulosasi
Quyidagi atamalarga izoh bering: Moliyaviy hisobot, ularning turlari va to’ldirilishi oldiga qo’yilgan talablar, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot, xususiy kapital to’g’risidagi hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobot, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma, hisobotga tushuntirish xati.


NAZORAT SAVOLLARI

  1. Moliyaviy hisobotni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring?

  2. Moliyaviy hisobotni audit qilishda qanday ma’lumotlar manbaa sifatida foydalaniladi?

  3. Moliyaviy hisobotni audit qilish qanday tashkil etiladi?

  4. Moliyaviy hisobot moddalariga nisbatan jiddiylik darajasi qanday belgilanadi?

  5. Moliyaviy hisobot shakllaridagi ma’lumotlar kanday va kaysi xujjat ma’lumotlariga taqqoslanadi?

  6. Moliyaviy hisobotni tekshirishda auditning qabul qilingan riskining yuqori va quyi chegarasi qancha bo’lishi talab etiladi, bu qanday belgilanadi va kim tomonidan?

  7. Moliyaviy hisobot tarkibi:

1) «Buxgalteriya balansi» 1-shakli
2) «Moliyaviy natijalar to’g’risida»gi hisobot 2-shakli
3) «Asosiy vositalar harakati to’g’risida»gi hisobot 3-shakli
4) «Pul oqimlari to’g’risida»gi hisobot 4-shakli
5) «Xususiy kapital» to’g’risidagi hisobot 5-shakllari
qanday audit qilinadi?

  1. Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillariga muvofiqligi qanday tekshiriladi?

  2. Buxgalteriya balansining haqqoniyligi qanday tekshiriladi?

  3. Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotni va boshqa shakllarini to’g’riligini tekshirishda nimalarga e’tibor berish lozim?

  4. Moliyaviy hisobotning auditi natijalari qanday, kimga va qachon oshkor qilinadi. Bunda qanday ahloq kodeksi tamoyillariga amal qilinadi?

  5. Hisobot shakllarini to’g’ri tuzilganligini va ishonliligini tekshirishda qanday auditorlik protseduralardan foydalaniladi?

  6. Korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasini tekshirish qanday amalga oshiriladi?

  7. Korxonaning moliyaviy barqarorlik darajasini tekshirish qanday amalga oshiriladi?



1-masala. Auditorlik hisobotini imzolashdan oldin, auditor shuni aniqladiki, mijozning filiallaridan biriga kuchli shamol tufayli katta ziqn etkazilgan. Bu hodisa moliyaviy hisob sanasidan keyin ro’y bergan. Zarar sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanmaydi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling