Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet18/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Jami

195558







Talab qilinadi:

  1. Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko’rsatkichlarni shakllantiring;

  2. Umumiy muhimlik darajasini aniqlang;

  3. Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.



Masala. Moliyaviy hisobot uchun umumiy muhimlik darajasi 400 ming so’m. Auditor kassa operatsiyalarini tekshirishda quyidagi xolatlarni aniqladi:

  1. Kassadagi pul mablag’lari belgilangan limitdan ko’p chiqqan: 100 ming so’m;

  2. Jismoniy shaxslar bilan asossiz hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan NKM dan foydalanilmagan holda.

Talab qilinadi:
1. Yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni muhimligini aniqlang.
2. Aniqlangan xato va kamchiliklar bo’yicha korxona rahbari va kassirga qanday choralar ko’riladi.
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Keltirilgan ma’lumotlar asosida umumiy muhimlik darajasini aniqlang.
5-jadval.
Nur” OAJ 31 dekabr 2021 y. xolatiga buxgalteriya balansi

Ko’rsatikich

Summada ming so’mda.

AKTIV


1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3

shu jumladan:




Asosiy vositalar

45 282,3

2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6

shu jumladan:




Materiallar

675,9

Debitorlar

1 823,1

Pul mablag’lari

40,1

Boshqa joriy aktivlar

293,5

BALANS

48 114,9

PASSIV




1. O’z mablag’lari manbalari – jami

28 975,1

shu jumladan:




Ustav kapital

19 000,0

Qo’shilgan kapital

7 362,1

Rezerv kapital

981,3

Taqsimlanmagan foyda

1 631,7

2. Majburiyatlar – jami

19 139,8

shu jumladan:




Kredit va qarzlar

1 275,6

Kreditorlik qarzlari

17 864,2

BALANS

48 114,9



6-jadval.
Nur” OAJ 31 dekabr 2021 y. xolatiga
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot

Ko’rsatikich

Summa ming so’mda.

1. Sotishdan sof tushum

7 135,6

2. Sotilgan maxsulotlar ishlab chiqarish tannarxi

5 971,3

3. Yalpi foyda

1 164,3

4. Boshqa daromadlar

1 472,3

5. Boshqa xarajatlar

656,5

6. Sof foyda

1980,1


7-jadval.
Quyida keltirilgan jadvallar asosida ma’lumotlarni shakllantiring bazaviy ko’rsatkichlar hisob-kitobi

Bazaviy ko’rsatkich

Bazaviy ko’rsatkichni moliyaviy hisobotdagi ko’rsatkichi, summada.

Muhimlik darajasi, %

Muhimlik darajasi, so’m.































































8-jadval.
Muhimlik darajasini balans aktiviga nisbatan taqsimlash

Balans aktivining moddalari

Summa,
ming. so’m.

Salmoq, %

Muhimlik darajasi, ming. so’mda.

1. Uzoq muddatli aktivlar – jami

45 282,3







shu jumladan:










Asosiy vositalar

45 282,3







2. Joriy aktivlar – jami

2 832,6







shu jumladan:










Materiallar

675,9







Debitorlar

1 823,1







Pul mablag’lari

40,1







Boshqa joriy aktivlar

293,5







BALANS

48 114,9







Talab qilinadi:

  1. Muhimlik darajasini aniqlash uchun bazaviy ko’rsatkichlarni shakllantiring;

  2. Umumiy muhimlik darajasini aniqlang;

  3. Barcha hisob-kitoblarni auditorning ishchi hujjatida aks ettiring.

  4. Aniqlagan ko’rsatkichlaringiz bo’yicha umumiy xulosa bering.

Masala. Auditorlik firmasi mijozining 3ta katta magazinlari mavjud. Uning har birida bir nechta bo’limlari bo’lib, ular kamida 5 yilda bir marta hujjatli tekshirishdan o’tishi kerak. Auditor oldiga risk yuqori bo’lgan bo’limlarni mukammal tekshirish vazifasi qo’yilgan. Magazinlarning har birida ichki nazorat bo’limi mavjud. O’tgan yili magazinlarda auditorlik tekshiruvi o’tkazilgan.


Talab qilinadi:

  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  2. Auditor riskni baholash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak?



Masala. «ODIL-AUDIT» firmasi sizning auditorlik firmangizga tekshiruv o’tkazib berish yuzasidan murojaat qildi. Avvalgi auditorlik firmasi bilan shartnomaning buzilish sababi auditorlik xulosasining o’z vaqtida taqdim qilinmaganligidir.
«ODIL-AUDIT» firmasining ikkita bo’linmasi mavjud bo’lib, ularning birinchisi bosh ofis bilan bir joyda joylashgan. Birinchi bo’lim korxona va tashkilotlarga isitish va sovitish sistemasini o’rnatib beradi. Barcha ishlar iste’molchilarning talablariga binoan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Ikkinchi bo’linma bosh ofisdan 25 km uzoqda joylashgan bo’lib, elektr buyumlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ikkala bo’limda ham buxgalter mavjud bo’lib, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot alohida tayyorlanadi va bosh ofisda konsolidatsiyalashgan hisobot tuziladi. Oxirga yillarda birinchi bo’lim daromadli bo’lib, ikkinchi bo’limda rentabellik pasaygan. Direktorlar Kengashi ikkinchi bo’limni sotib yuborish uchun xaridor izlamoqda. Birinchi bo’limning menedjerlari yuqori malakali bo’lib, ishni to’g’ri tashkil qilishgan. Shuning uchun direktor aktsiyalar kursini ko’tarish maqsadida tezroq auditorlik xulosasini olishni rejalashtirgan.
Talab qilinadi:

  1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

  2. Auditorlik riskiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlang.



Masala. Ichki xo’jalik riski 80%, nazorat riski 50%, aniqlanmaslik riski 10% bo’lganda auditorlik riskining maqbul o’quv qo’llanma ini aniqlang. Holatlarga baho bering, ko’rsatkichlarni mohiyatini tushuntiring.
Masala. Quyidagi keltirilgan ko’rsatkichlar asosida aniqlanmaslik riskini aniqlang.
Auditorlik riskining maqbul o’quv qo’llanma i 0.05, ichki xo’jalik riski 0.75, nazorat riski 0.30. Xolatga baho bering, ko’rsatkichlarni mohiyatini tushuntiring.
7-MAVZU: AUDITORLIK TEKSHIRUVIDA FIRIBGARLIKNI ANIQLASH
Quyidagi atamalarga izoh bering: Firibgarlik tushunchasi. Firibgarlik uchburchagi. Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatishning riskini aniqlash va baholash. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar. Firibgarlikni oldini olish va aniqlash. Firibgarlik aniqlanganida auditorning hatti-harakati. Auditor uchun kelishuvni davom ettirish imkonsizligi.


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

    1. Moliyaviy hisobot auditining maqsadi va umumiy prinsiplari nima?

    2. Audit o‘tkazish shartlarini kelishish bo‘yicha xalqaro tajriba?

    3. Audit jarayonida ish sifatini nazorat qilish tartibini ayting?

    4. Auditni hujjatlashtirish nima?

    5. Moliyaviy hisobot auditi jarayonida auditorning firibgarlikka nisbatan majburiyatlarini ayting?

    6. Moliyaviy hisobot auditida qonunlar va me’yoriy hujjatlarning qo‘llanilishi tartibi?

    7. Moliyaviy hisobot auditida vujudga keladigan vaziyatlarni rahbarlik vakolatlari yuklatilgan shaxslarga bildirish tartibi qanday?

    8. Auditning asosiy tamoyillarini aytib bering?

    9. Vijdonlilik, obyektivlilik, mustaqillik, konfidentsiallik deganda nimani tushunasiz?

    10. Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi nimadan iborat?

    11. Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyati deganda nimani tushunasiz?

    12. Aldash va xato tushunchalari auditda qanday ahamiyatga ega?

    13. Audit ishi sifatini nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?

    14. Audit ishi sifatini baholashning qanday mezonlari mavjud?

    15. Moliyaviy hisobot auditida qaysi me’yoriy hujjatlarga asoslandi?

    16. 200 – AXS «Mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni Auditning xalqaro standartlariga muvofiq o‘tkazish»

    17. 210 – AXS «Audit kelishuvi va shartlarini kelishish»

    18. 220 – AXS «Moliyaviy hisobotlar auditi sifatini nazorat qilish»

    19. 260 – AXS «Boshqaruv yuklatilgan shaxslar bilan axborot almashinuvi»

    20. 265 – AXS «Ichki nazoratdagi kamchiliklar yuzasidan boshqaruv yuklatilgan shaxslar va rahbariyat bilan axborot almashinuvi»

    21. Auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tekshiruviga qanday cheklovlar mavjud?

    22. Audit o‘tkazish shartlarini kelishishning mazmuni nimadan iborat?

    23. Audit sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?

    24. Firibgarlik oshkor etilganida auditor tomonidan qanday qo‘shimcha amallar qo‘llaniladi?

    25. Audit jarayonini hujjatlashtirishning mazmunini ochib bering.

    26. Audit o‘tkazilayotgan korxonada normativ hujjatlarga rioya qilinmayotganligi aniqlanganida auditor qanday yo‘l tutadi?

    27. Auditor tomonidan moliyaviy hisobot auditida vujudga keladigan vaziyatlarning rahbariyatga qanday tartibda bildiriladi?


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling