Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet14/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Talab qilinadi: Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo’yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
4-MAVZU: AUDITORNING KASB ETIKASI
Quyidagi atamalarga izoh bering:Etika haqida tushuncha. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi. Axloq kodeksining asosiy talablari. Auditning axloq kodeksi tamoyillari. Auditor axloqi (etikasi). Vijdonlilik va ob’ektivlik. Professional kompetentlilik. Maxfiylik. Omma uchun axborotni taqdim etish. Boshqa auditorlar bilan munosabatlar. Auditorlik tashkiloti va auditorlarning mustaqilligi. Umuminsoniy ahloq qoidalari va ma’naviy me’yorlarga rioya qilish. Auditorning xolisligi va kasbiy vakolatliligi. Auditor ishlarining sifatini nazorat qilish. Dastlabki, joriy va keyingi nazorat.
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR:
1.Auditorlar axloq kodeksining mazmuni va auditorlik kasbining nufuzini oshirishdagi ahamiyati qanday?
2. Auditorlar axloq kodeksini tarkibiy qismlari va ularni tavsifi qanday?
3. Professional auditorlar kasb etikasini asosiy prinsiplari va ularni mazmunini ochib bering.
4. Buxgalterlar xalqaro federatsiyasi (BXF)ning auditorlar axloq kodeksi va O‘zbeksiton auditorlarining axloq kodeksini qiyosiy tavsiflang.
5. Moliyaviy hisobotlar auditi va ularni ko‘rib chiqish, ishonch bildirish va turdosh xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha boshqa kelishuvlarni bajaruvchi auditorlik tashkilotlarida sifat nazorati qanday amalga oshiriladi?
Masala. Professional mulohaza auditni lozim tarzda oʼtkazish uchun ahamiyatli hisoblanadi. Buning sababi shundaki, tegishli axloqiy talablar va АXSni talqin qilish, shuningdek auditni oʼtkazish jarayonida talab etiladigan xabardorlik asosida qarorlar qabul qilish faktlar va vaziyatlarga nisbatan tegishli bilimlar va tajribani qoʼllashni taqozo etadi. Professional mulohaza qanday qarorlar qabul qilishda ayniqsa talab etiladi ?
Masala.Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosi aksariyat hollarda standartlarni ishlab chiqish boʼyicha vakolatli yoki eʼtirof etilgan tashkilot tomonidan belgilangan moliyaviy hisobotlar standartlarini yoki qonun hujjatlari yoki tartibga soluvchi organlarning talablarini qamrab oladi. Аyrim hollarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish asosi standartlarni ishlab chiqish boʼyicha vakolatli yoki eʼtirof etilgan tashkilot tomonidan belgilangan moliyaviy hisobotlar standartlari va qonun hujjatlari yoki tartibga soluvchi organlarning talablarini ham oʼz ichiga olishi mumkin. Boshqa manbalar moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosini qoʼllash boʼyicha qoʼllanma taqdim etishi mumkin. Аyrim hollarda moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qoʼllaniladigan asosi boshqa manbalarni ham qamrab olishi yoki hatto faqat shunday manbalardan iborat boʼlishi mumkin. Boshqa manbalarga nimalar misol boʼla oladi?
Masala. Siz o’zingizga bir necha yildan beri mijoz bo’lib kelayotgan «Ray» nomli kichik korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bo’yicha shartnoma imzoladingiz. Siz ushbu vaqtda boshqa tashkilotning xizmatini qilayotgan edingiz, shu boisdan siz o’z yordamchingiz (auditor yordamchisi)ni mazkur mijoz korxonaga jo’natdingiz va debitor qarzlarni tekshirishni boshlashni tayiinladingiz. Siz jo’natgan yordamchingiz o’tgan hisobot davridagi ishchi hujjatlarndan foydalangan holda schetlar qoldig’ini aniqladi, debitorlarni xronologik tarzda ajratdi, debitor qarzlarni tasdiqlash uchun 3-shaxslarga so’rov jo’natdi, qarz va kreditlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o’rgandi. Bundan tashqari u debitor qarzlarni undirishning qonuniyligi va ehtimolligi bo’yicha dalillar to’pladi. Siz uning ishi natijalarini va to’plagan ishchi hujjatlarini ko’rib chiqib, yordamchingiz o’tgan hisobot davri hujjatlaridan to’g’ri foydalanganiga amin bo’ldingiz.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling