Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet22/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Talab qilinadi:

  1. Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo’yicha qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;



Masala. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasida buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy ma’lumotlar kamida uch yil, moliyaviy hisobot esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi deyilgan. Buxgalteriya birlamchi hujjatlari, shu jumladan bank hujjatlari, omborxona kirim-chiqim reestri va (kvitantsiya) to’lov pattalarini saqlash muddati necha yilni tashkil etadi?
1. Tashkilotda jinoiy ish tugatilib, sud hukmi chiqqandan keyin hujjatlar qancha muddat saqlanadi?
2. Keyin tayinlangan tekshiruvda jinoiy ish tugatilgan davrdagi hujjatlarning talab qilinishi to’g’rimi yoki bunda sud hukmi etarli hisoblanadimi?


9-MAVZU: AUDITORLIK DALILLAR


Quyidagi atamalarga izoh bering: Auditorlik dalillar, ularni oldiga qo’yilgan talablar, auditorlik dalil turlari, dalillarni olish manbalari, dalillarni to’plash ketma-ketligi, auditorlik amallari va dalillari o’rtasidagi bog’liqlik, dalillarni olish usullari, auditorlik dalillaridan auditning tekshiruv ishi natijalaridan foydalanish. Ekspertlar xizmatidan foydalanish, ekspert ishining maqsadi va hajmi, ekspert xulosasi, ekspert xulosasining tarkibi, ekspert xulosasidan foydalanish, ekspertiza, boshqa auditor, ekspert shartnomasi


TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR

  1. “Ishchi hujjatlar” tushunchasini qanday tushunasiz?

  2. Auditor tomonidan qanday ishchi hujjatlar tuzilishi mumkin?

  3. Mijozga qanday ishchi hujjatlar ko’rsatilishi mumkin?

  4. Auditorlik dalillar nima?

  5. Auditorlik dalillarning tayinlanishi qanday tashkil ztiladi va uning oldiga qanday talablar qo’yiladi?

  6. Auditorlik dalillarning qanday turlari mavjud?

  7. Auditorlik dalillarning qanday manbalari mavjud?

  8. Ishchi hujjatlar qanday talablarga javob berishi lozim?

  9. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarni to’plash qanday amalga oshiriladi?

  10. Auditorlik dalillarni olishning qanday usullari mavjud?

  11. Tahliliy amallarning qanday turlari mavjud?

  12. Auditorlik tashkilotining ish hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz?

  13. Xo’jalik shartnomasida yuristning vizasi bo’lishi shartmi? U qo’yilmagani uchun qanday jazo choralari nazarda tutilgan? Agar unda yuristning vizasi bo’lmasa, shartnoma haqiqiy bo’lmaydimi?

  14. Korxona yil oxirida birlamchi buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qildi, endi saqlash muddati tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo’q qilishni rejalashtiryapti. Nima qilsa to’g’ri bo’ladi: qog’ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi yoki ularni yo’q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo’q qilish mumkin? Bunday holda yo’q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo’ladi va kim tomonidan tasdiqlanadi?

  15. Ekspert deganda kimlar nazarda tutiladi?

  16. Auditda ekspert ishlaridan nima maqsadda foydalaniladi?

  17. Auditorlik tekshiruvi vaqtida jalb qilinishi mumkin bo’lgan qanday mutaxassislar ekspert deb qabul qilinishi mumkin?

  18. Ekspertlar oldiga qanday cheklovlar qo’yilgan?

  19. Auditorlik tekshiruvida ekspert ishi natijalaridan qanday foydalaniladi?

  20. Ekspert tushunchasi nima?

  21. Ekspert xulosasi nimani anglatadi?

  22. Boshqa auditorlarning ishi natijalaridan qay tartibda foydalanish mumkin?

  23. Asosiy auditor qanday ma’noni anglatadi?

  24. Boshqa auditor qanday ma’noni anglatadi?

  25. Asosiy va boshqa auditorlarning qanday javobgarliklari bor?




Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling