Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet11/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Masala. Majburiy auditorlik tekshiruvida ikkita tomoni munosabatlariga bog’liq quyidagi vaziyat o’rganilmoqda. Aktsiyadorlik jamiyatida hisobot yili boshiga asosiy vositalarning qayta baholanishi amalga oshirildi. 4000 ming AQSh dollari bo’lgan asosiy vositani 1,6 koeffitsientga oshirgan, qayta baholash paytida asosiy vositaning eskirish 20%ni tashkil etgan. Qayta baholash natijasida shakllangan summani ustav kapitalga qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish yo’li bilan yo’naltirildi. Aktsiyalarni nominal qiymati 1000 AQSh dollarini tashkil etgan. Qo’shimcha chiqarilgan aktsiyaning barchasi 10% aktsiyaga egalik qiluvchi aktsiyadorga berildi. Tekshirish davrida aktsiyador aktsiyadorlar rozilgiga binona o’ziga tegishli bo’lgan aktsiyalarni 1100 AQSh dollaridan boshqa yuridik shaxsga sotdi.
Talab etiladi:
1. Mohiyati bo’yicha auditorlik dalillarini to’plash amallarini shakllantiring.
2. Ushbu operatsiya bo’yicha buxgalteriya provodkasini amlaga oshirish bo’yicha taklif bering.
3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, pul mablag‘larining harakati va xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo‘jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o‘tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Talab qilinadi:

  1. Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to‘plash kerak va tekshirish o‘tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

Masala. «Adidas» kompaniyasida audit qilish natijasida soliqlardan kam to‘langanligi ma’lum bo‘ldi. Uni yashirish maqsadida kompaniyasi direktori har bir auditorga dam olish uchun yo‘llanmalar taklif qildi va ulardan ijobiy auditorlik xulosa berishlarini iltimos qildi.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;
2. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim?
Masala. Tikuv ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan talablarni bajarmaganligi sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi va auditorlik kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro nizo kelib chiqdi. Shu sababli, tikuv-ishlab chiqarish firmasi auditorlik kompaniyasi bilan amaldagi shartnomani buzib, auditorlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzmoqchi.
Talab qilinadi:
1. Bu holatda auditorlik kompaniyasi qanday yo‘l tutishi lozim?



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling