Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Turkiyadagi “Koch Xolding” kompaniyasidagi auditorlik tashkiloti bilan moliyaviy ma’lumotlarni kompilyatsiyalash bo’yicha shartnoma imzoladi. “Koch Xolding” kompaniyasi moliyaviy hisobotini MHXSlariga muvofiq tayyorlash orqali xalqaro moliya bozoriga chiqishni rejalashtirgan. Joriy davrgacha moliyaviy hisobot faqat milliy qonunchilik asosida tayyorlanib kelingan. Shartnomaning predmeti - pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni bilvosita usul asosida tayyorlash. Auditorga 01.01.2021 yildan 01.01.2022 yil uchun bo’lgan “Koch Xolding” kompaniyasining balans ma’lumotlari hamda unga tushuntirish xati berilgan. Auditorga qo’shimcha ravishda ayrim turdagi operatsiyalar bo’yicha tushuntirishlar bilan birga quyidagilar berilgan: “Koch Xolding” kompaniyasining buxgalteriya balansi (mln. lira)
Qarzlar 2022 yilda 5 yil muddatga foiz va asosiy qarzni oyma oy so’ndirish sharti bilan olingan. Qarzlar bo’yicha 2022 yil davomida 18 mln lira foiz summasi to’langan. Yil o’rtalarida moliyaviy ijara sharti asosida 30 mln liraga uskuna olingan, moliyaviy natijalar to’g’risidashi hisobotda u bo’yicha 2 mln lira foiz xarajati sifatida aks etgan. Auditor ijara shartnomasi bilan tanishganda lizingga olingan uskuna lizing oluvchi buxgalteriyasida aks etishi lozim bo’lgan, xaqiqatda esa “Koch Xolding” kompaniyasi rahbariyati qaroriga asosan uskuna hisobda aks etmagan. Yil davomida 4 mln. liralik mashina sotilgan, uning boshlang’ich qiymati 26 mln. lirani, qoldiq qiymati 6 mln. lirani tashkil etgan. 2022 yil uchun e’lon qilingan dividendlar to’liq to’langan. Oraliq dividendalr to’lanmagan. 2022 yil uchun foyda solig’i belgilangan muddatlarda to’langan. 2022 yil may oyida “Koch Xolding” kompaniyasi 7 mln. liralik qisqa muddatli bank kreditlarini jalb qilgan. Kredit teng 6 qismlar bilan so’ndirilgan. Kredit bo’yicha foiz summasi 350 ming lirani tashkil etib u moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks etadi. Talab etiladi: 1. MHXSlariga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni 7-son MHXS asosida tayyorlang 2. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning alohida ko’rsatkichlarni aniqlash metodlari bo’yicha tushuntirishlar bering. 3. Auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling