Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet6/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Talab qilinadi: Bunday vaziyatda auditning kamchiliklari va afzalliklari nimadan iborat?


Masala. Sizning auditorlik firmangiz o’tgan hisobot yili uchun mijozining moliyaviy hisobotini tayyorlab berdi. Uch haftadan keyin mijozingiz sizga telefon qilib, hujjatlarning birida xatolikka yo’l qo’yilganligi to’g’risida arz qilmoqda.
Talab qilinadi: Shunday xatoliklarni oldini olish uchun ish sifatini nazorat qilish bo’yicha qanday choralar ko’rilishi lozim?


Masala. Audit o’tkazish davomida, bosh auditor yordamchi auditorga tashkilotning soliqqa solish hisob-kitoblarni amaldagi qonunga to’g’ri kelishini tekshirish vazifasini yukladi. Yordamchi auditor tekshirishni o’tkazib bo’lgach, hech qanday xatolik aniqlanmaganligi to’g’risida axborot berdi. Bir haftadan keyin hisobot tayyorlandi.


Masala. Oradan ikki oy o’tgach, soliq inspektsiya yillik hisobotni tekshirib tashkilotning soliqqa solish hisob-kitoblarida bir qator xatoliklarni aniqladi. Firmaning mijozi kam to’langan soliq va jarimalarni to’lashi lozim. Mijoz ushbu xatoliklar auditorlik tekshirish davomida nega aniqlanmadi deb so’ramoqda.
Talab qilinadi:

  1. Ushbu holatga nima sabab bo’lib xizmat qildi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;

Masala. Auditorlik firmasi mijozi “Raduga” kompaniyasi quyidagi keltirilgan muammoni hal etish bo’yicha auditorlarga murojaat etdi. Kompaniyada quyidagi funktsiyalarni bajaruvchi 3 ta ma’muriy xodim mavjud va bu xodimlar quyidagi funktsiyalarni bajarishlari lozim:
1. Bosh kitobni yuritish
2. To’lanadigan schyotlar registrlarini yuritish
3. Cheklarni imzolashga tayyorlash
4. To’lov jurnalini yuritish
5. Bankdagi schetlarni nazorat qilish
6. Pul tushumlarini yig’ish va ularni bankdagi hisob-kitob schetiga o’tkazish
Talab qilinadi:
1. Keltirilgan muammo shundan iboratki yuqorida keltirib o’tilgan xodimlar bo’yicha bajariladigan funktsiyalarning to’g’ri taqsimlanmaganidadir. Siz ushbu funktsiyalarini xodimlar o’rtasida shunday taqsimlanganki, natijada kompaniyada ichki nazorat yuqori darajada tashkil etilsin.
2. Har bir funktsiyani bajaruvchi xodimlarni lavozimi bo’yicha ajratib chiqing.


Masala. Ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida shu narsa aniqlandiki, tekshirish davrida ishlab chiqarish stanoklariga kumulyativ usulda quyidagicha eskirish hisoblanganligi tekshirildi. Ishlab chiqarish stanoklarining daslabki qiymati 125000000 so’m, foydalanish muddati 5 yil;
1-yil 8800000 so’m
2-yil 5600000 so’m
3-yil 4500000 so’m
4-yil 3800000 so’m
5-yil 4600000 so’m
Talab qilinadi: Ichki auditor sifatida korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, ushbu muomalalar bo’yicha auditorlik dalolatnomasini tuzing.


Masala. Xodimlar bo’limining boshlig’i ichki auditor vakanti mavjudligini va unga xodim jalb qilish lozim. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun internetda e’lon berishi lozim.
Talab qilinadi:

  1. Talabgor korxonaga taqdim qiladigan hujjatlar ro’yxatini tuzing.

  2. Talabgorga beriladigan 10 ta savol tuzing.

  3. Talobgorga uning malaka va professionalligidan tashqari kamida 3 ta talab keltiring.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling