Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. «A» xususiy firmasi 2022 yildan boshlab aktsiyadorlik jamiyati bo’lib qayta ro’yxatdan o’tdi. 2022 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 1025,000,000 so’mni yillik ish haqi fondi 102,5 mln so’mni va jami byudjetga to’lovlari 103200 ming so’mni tashkil etdi. Talab qilinadi: 2022 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi? Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim. Masala. «BUSTON» qo’shma korxonasi 2021 yilning okyabr oyida «Inter-audit» auditorlik firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib, pul to’landi. 2022 yilning mart oyiga kelib «BUSTON» qo’shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2021 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi. Talab qilinadi: Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi? Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim. Masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o’tkazib berish yuzasidan taklif oldi. «A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspektsiyasi tomonidan o’tkazilgan hujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanktsiyasi qo’yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to’lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo’qoladi. Shu sababli firma auditorlik tashkilotiga ushbu moliyaviy jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o’tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so’m to’lashini ma’lum qildi. «B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o’zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so’m to’lab berishini ma’lum qildi. Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo’ladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling