Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet8/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

MAVZU BO’YICHA MASALALAR
Masala. Bir necha hafta mobaynida tadbirkor Safarov A va auditor viloyatlar bo’ylab sayohat qilmoqda. Tadbirkor A. Safarov sayohati davomida turli xil korxonalarda hissa qo’shish imkoniyatini qidirmoqda. Auditor tadbirkorga kapital qo’yish borasida maslahatlar berishi hamda tadbirkor bilan sherikchilik asosida tashkil qilingan korxonaning yillik hisobotini tekshiruvdan o’tkazishi zarur.
Talab qilinadi: Yillik hisobotni tekshirayotganda auditorlarning mustaqillik tamoyilidan kelib chiqqan holda auditorga ham maslahatchi ham auditor deb baho berish mumkinmi? Holatlarni tahlil qiling.


Masala. «ALFA» firmasi 2022 yilning mart oyida ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida kredit olish uchun bankka murojaat qildi. Bank firmadan 2021 yil yillik hisobotini ishonchliligini tasdiqlab beradigan auditorlik xulosasini so’radi. «ALFA» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiladigan korxonalar turkumiga kirmaganligi sababli auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan edi. Lekin 2021 yilning noyabr oyida soliq inspektsiyasi tomonidan hujjatli tekshiruv o’tkazilgan bo’lib, firma bankga ushbu tekshiruv dalolatnomasini taqdim etdi.
Talab qilinadi:

  1. Bank ushbu tekshiruv dalolatnomasini auditorlik xulosasi sifatida qabul qilishga haqlimi?

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim.



Masala. Auditorlik firmasida mijoz korxonaning quyidagi buxgalterlik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari mavjud:
Buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, pul mablag’larining xarakati va xususiy kapital to’g’risidagi hisobotlar, balansga tushuntirish xati, biznes reja, buyruq va xo’jalik shartnomalari, korxonaning shtat jadvali, hujjat aylanish grafigi, o’tgan yilgi auditorlik tekshiruvi xulosasi.
Talab qilinadi:

  1. Auditor rejalashtirish jarayonida mijoz haqidagi yana qaysi hujjatlarni to’plash kerak va tekshirish o’tkazishning qaysi usullaridan foydalanishni rejalashtiradi.

  2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim;




Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling