Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet12/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

Masala. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Talab qilinadi: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling.
Masala. Siz o’zingizga bir necha yildan beri mijoz bo’lib kelayotgan «Ray» nomli kichik korxonaning moliyaviy hisobotini tekshirish bo’yicha shartnoma imzoladingiz. Siz ushbu vaqtda boshqa tashkilotning xizmatini qilayotgan edingiz, shu boisdan siz o’z yordamchingiz (auditor yordamchisi)ni mazkur mijoz korxonaga jo’natdingiz va debitor qarzlarni tekshirishni boshlashni tayiinladingiz. Siz jo’natgan yordamchingiz o’tgan hisobot davridagi ishchi hujjatlarndan foydalangan holda schetlar qoldig’ini aniqladi, debitorlarni xronologik tarzda ajratdi, debitor qarzlarni tasdiqlash uchun 3-shaxslarga so’rov jo’natdi, qarz va kreditlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o’rgandi. Bundan tashqari u debitor qarzlarni undirishning qonuniyligi va ehtimolligi bo’yicha dalillar to’pladi. Siz uning ishi natijalarini va to’plagan ishchi hujjatlarini ko’rib chiqib, yordamchingiz o’tgan hisobot davri hujjatlaridan to’g’ri foydalanganiga amin bo’ldingiz.
Talab etiladi:

  1. Siz o’z yordamchingiz debitor qarzlar bo’yicha tekshiruvni to’liq qamrab olganiga qay darajada ishonsiz,

  2. Auditor yordamchisining auditorga tekshiruv materiallarini berish tartibi Axloq kodeksida qay tariqa bayon etilgan?

  3. Auditor o’z yordamchisining audit standartlaridan qay darajada foydalanganini qay tariqa nazorat qiladi?



Masala. «Deloitte and Touche» auditorlik kompaniyasining auditori Delua Uilyam bilan quyidagi holatlar yuz berdi:

  1. “A” kompaniyaning buxgalteri 2 oy oldin ishdan haydalgan bo’lib, kompaniya yangi buxgalter ishga qabul qilmagan. Natijada kompaniyada xo’jalik operatsiyalari ro’yxatga olinmagan va buxgalteriya ishlari yuritilmagan. Kredit shartnomasiga rioya qilish maqsadida korxona oraliq moliyaviy hisobotni taqdim etishi kerak, ammo mazkur hisobot tuzilmagan. Shu boisdan kompaniya «Deloitte and Touche» auditorlik tashkilotiga murojaat etib, mazkur auditorlik tashkiloti auditori Delua Uilyamni hisobot tuzishga yordam berishini so’radi. Chunki Delua Uilyam mazkur kompaniyaning oldingi yillardagi moliyaviy hisobotini auditorlik tekshiruvidan o’tkazgan.

  2. Delua Uilyam mazkur jarayonda kompaniya soliq delaratsiyalrini tuzishda sof foydni sezilarli darajada kamaytirganini aniqladi. Delua Uilyam ushbu holat bo’yicha auditorlik tashkiloti rahbariga ma’lumot taqdim etdi va kompaniyaga hisobotni to’g’rilash kerakligini tavsiya etdi. Ammo kompniya hisobotni o’zgartirmasligini ta’kidladi. Delua Uilyam bu haqda soliq organiga ma’lumot taqdim etdi.

  3. Hisobot davri yakunid kompaniya rahbariyati uning inventarizatsiya jarayonidagi ishtiroki uchun kompaniyadaa ishlabb chiqarilgan mahsulot bilan uni rag’batlantirdi.

  4. Delua Uilyamning o’rtog’i Devid Krukshank  «Deloitte and Touche» auditorlik tashkiltining mijozi bo’lgan bankda kreditlarni taqdim etish bo’yicha mas’ul hisoblanadi. Delua Uilyam Devid Krukshank  bilan ta’minlanmagan kreditni taqdim etish bo’yicha kelishuvga erishdi va Devid Krukshank  Delua Uilyamga kreditni taqdim etdi.

Talab etiladi:
1. Yuqoridagi har bitta holat bo’yicha etika tamoyillari nuqtai nazaridan o’z fikringizni bayon eting
2. Yuqoridagi holatlardan qays birida etika tamoyillariga rioya qilinmagan.
3. O’z fikringizni etika kodeksi qoidalari bilan asoslang.
Masala. «Toyota» kontserni auditorlik kompaniyasiga buxgalteriya hisobini kompyuterlashtirish yuzasidan murojaat qildi. Ushbu auditorlik kompaniyasi «Toyota» kontsernini bir necha yildan beri tekshiruvdan o‘tkazadi va tashkilotning moliyaviy va boshqaruv hisobi muammolarini va xususiyatlarini yaxshi biladi.
Talab qilinadi:
1. Agar auditorlik kompaniyasi “Toyota” kontserniga kompyuterlashtirish yuzasidan xizmat ko‘rsatsa, auditorlik tekshiruvi o‘tkazayotgan vaqtda auditorning mustaqilligiga ta’sir ko‘rsatadimi?

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling