Аудиторское заключение
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
Talab qilinadi: 1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to’g’ri hisobga olinganligini tekshirib, auditorlik dalolatnomasini tuzing. Masala. Korxona xodimiga 2022 yilning 23 iyulidan 3 avgustiga qadar mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi berilgan. Uning mansab maoshi iyulda 300 ming so’mni tashkil etgan, 1 avgustdan boshlab u 350 ming so’mga ko’tarildi. 2021 yil iyuli - 2022 yil iyuni uchun mukofotlar va mansab maoshidan oshadigan boshqa to’lovlar summasi 2 400 ming so’mni tashkil qildi, iyulda 200 ming so’m mukofot yozildi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi foizi - 80%. Korxona buxgalteri tomonidan esa xodimga quyidagi tartibda mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi bo’yicha nafaqa hisoblagan: Korxona buxgalteri tomonidan iyul uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi summasi: O’rtacha oylik ish haqi: 300 000 + 2 400 000 / 12 = 500 000 so’m deb hisoblangan.O’rtacha kunlik ish haqi o’rtacha oylik ish haqini ish haqi olingan davrdagi jadval bo’yicha ish kunlari soniga bo’lish yo’li bilan aniqlangan. 2022 yil iyulda ish kunlari soni 22 kunni tashkil etgan. O’rtacha kunlik ish haqi: 500 000 / 22 = 22 727,27 so’mni tashkil qilgan. Kunlik nafaqa o’rtacha kunlik ish haqi va tayinlangan nafaqaning ish haqiga foizlardagi (masalan, 60, 80 yoki 100%) miqdoridan kelib chiqib aniqlangan. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining miqdori iyul uchun: 22 727,27 so’m x 7 kun x 80% = 127 272,71 so’mni tashkil qilgan. Shuningdek, buxgalter tomonidan avgust uchun nafaqa hisob-kitobida: Avgust uchun o’rtacha oylik ish haqi: 300 000 + (2 300 000 + 200 000) / 12 = 508 333,33 so’mni tashkil etdi, bunda: 300 ming so’m - 2022 yil avgust uchun maosh; 2 300 ming so’m - 2021 yil avgust - 2022 yil iyul uchun mukofotlar va mansab maoshidan oshadigan boshqa to’lovlar summasi; 200 ming so’m - 2022 yil iyul uchun mukofot O’rtacha kunlik ish haqi: 558 333,33 / 23 = 24 275,36 so’mni tashkil qiladi. Avgust uchun vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi miqdori: 24 275,36 so’m x 3 kun x 80% = 58 260,86 so’mni tashkil qiladi. Kasallik varaqasi bo’yicha vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining umumiy summasi 185 533,57 so’mni (127 272,71 + 58 260,86) tashkil qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar ish haqi hisoblan tabeli, ish haqi to’lash qaydnomasi, aylanma qaydnoma va boshqa kassa hujjatlari bilan rasmiylashtirilgan. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling