Аудиторское заключение


Download 1.55 Mb.
bet80/95
Sana16.06.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1500301
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
Bog'liq
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)

GLOSSARIY

    1. Audit – muayyan vakolatlar berilgan shaxslar auditorlar (auditorlik firmalari) tomonidan xo’jalik yuritayotgan sub’ektlarning moliyaviy hisobotlari to’g’riligini, ular amalga oshirgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasining qonunlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga qaydarajada muvofiqligini, shuningdek mukammaligi va asosliligini, buxgalteriya hisob-kitobi va boshqa moliyaviy hisobot yuritishga doir talablarga qaydarajada monandligini tekshirish maqsadida o’tkaziladigan moliya hujjatlarining ekspertizasi va tahlilidir.

  1. Auditor - auditor malaka sertifikatiga ega bo’lgan jismoniy shaxsdir. Agar auditor auditorlik tashkilotoning shtatida turgan bo’lsa yoki auditorlik tashkiloti u bilan fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma tuzgan bo’lsa, u auditorlik tekshiruvi o’tkazishga jalb etilishi mumkin.

  2. Auditorlik faoliyati - deganda auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlari o’tkazish va boshqa shu bilan bog’liq professional xizmatlar ko’rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.

  3. Auditorning yordamchisi - auditor malaka sertifikatiga ega bo’lmagan va auditorlik hisobotida, auditorlik xulosasida, auditorning ekspert xulosasida hamda auditorlik tekshiruvini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo chekish huquqiga ega bo’lmagan tarzda auditorning topshirig’iga binoan auditorlik tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.

  4. Auditorlik tashkiloti (firmasi) - auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga ega bo’lgan yuridik shaxsdir. Ular o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir.

  5. Auditorlik tashkilotlarinig (auditorlarining) huquqlari – auditorlik faoliyatini amalga oshirishda Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan vakolatlar.

  6. Auditorlik tashkilotining (auditor)ning majburiyatlari – auditorlik faoliyatini amalga oshirishda xo’jalik sub’ekti oldida Qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma talablariga asosan bajarilishi lozim bo’lgan burchlari.


  7. Download 1.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling