Boshqa auditorlik tashkiloti – asosiy auditorlik tashkiloti hamkorlikda audit o’tkazayotgan hamda buxgalteriya hisoboti o’z ichiga olgan bo’limlar bo’yicha auditorlik xulosasini tayyorlash uchun javobgar bo’lgan auditorlik tashkilotidir. Asosiy auditorlik tashkiloti bilan munosabatlardan qat’i nazar boshqa auditor tashkiloti tomonidan barcha farqlanishlar tan olinadi.
Asosiy auditorlik tashkiloti – xo’jalik sub’ektning buxgalteriya hisoboti haqida boshqa auditorlik tashkiloti ushbu sub’ekt hisobotining bir yoki bir necha bo’limlariga tayyorlangan ko’rsatkichlarni o’zida aks ettirgan holdagi umumiy auditorlik xulosani tayyorlash uchun javobgar bo’lgan auditorlik tashkilotidir.
Xo’jalik sub’ekti bilan ishni davom ettirayotgan auditorlik tashkiloti – xo’jalik sub’ektining oldingi davr buxgalteriya hisobotlarini auditini o’tkazgan va audit o’tkazish shartnomasi bo’yicha ushbu auditni oxirgi hisobot davri uchun o’tkazayotgan auditorlik tashkiloti.
Auditor (auditor tashkilot) ning javobgarligi - xo’jalik sub’ekti bilan tuzilgan shartnoma bo’yicha auditor (auditorlik firmasi) ning o’z majburiyatlarini bajarmasligi yoki noto’g’ri bajarishi natijasida qo’llaniladigan jazo choralari. Javobgarlikning ko’rinishi va shakllari amaldagi qonunchilik va tomonlarning kelishuvi asosida aniqlanadi.
Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish – auditorlik faoliyatining qoidalari (standartlari) bilan aniqlangan, yozma shaklda ifodalangan fikrdir. Bunda audit o’tkazish hajmiga ta’sir shunchalik darajada bo’ladiki, ijobiy, shartli ijobiy yoki salbiy auditorlik xulosalarini tayyorlashuchun auditor etarli ma’lumotlar ola olmaydi, hamda auditorning mustaqillik tamoyili buzilganda ham xulosa berishdan bosh tortish hollari yuz berishi mumkin.
Auditor hisoboti – o’tkazilgan audit natijalari bo’yicha auditorning yozma ma’lumotlaridir.
Auditdagi tanlov hajmi – tekshiriladigan majmuadan auditor tomonidan tanlab olingan birliklar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |