Auditor tashkiloti (auditor) ning javobgarligi – auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa moliyaviy axboroti to’g’risida noto’g’ri yakundan iborat bo’lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga etkazilgan zarar uchun Qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlik darajasi.
Auditorlik tekshiruvi – moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to’g’riligini va Qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisbotini hamda u bilan bog’liq moliyaviy axborotni auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdir.
Auditorlik xulosasi – moliyaviy hisobotning to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma ravishda ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lgan hujjat.
Ijobiy auditorlik xulosasi – auditorlik tashkilotining xo’jalik yurituvchi sub’ekt ning moliyaviy hisoboti uning haqiqiy moliyaviy ahvolini aks ettirishi va xo’jalik yurutuvchi sub’ekt tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi to’g’risidagi fikrini o’z ichiga olgan xujjat.
Salbiy auditorlik xulosasi - auditorlik tashkilotning xo’jalik yurutuvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti buzib ko’rsatilganligi va moliyaviy hisobotdan foydalanuvchini yanglishtirishi mumkinligi to’g’risidagi fikrini o’z ichiga olgan xujjat.
Auditorlik hisoboti – auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurutuvchi sub’ekt raxbariga, mulkdoriga, qatgashchilari (aktsiyadorlari) ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Hisobotda aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliya xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |