Shartli majburiyatlar – mazkur xo’jalik sub’ektining kelajakdagi xo’jalik faoliyatining natijasi bo’lgan va uning auditorlik firmasi tomonidan tasdiqlangan hozirgi buxgalteriya hisobotida aks ettirilgan moliyaviy holatiga sezilarli darajada ta’sir etuvchi noaniq summadagi kelgusi davr majburiyatlarning kutilishi.
Bog’liq tomonlar bilan operatsiyalar – biror bir baho belgilanganligi yoki belgilanmaganligidan qat’iy nazar bir bog’liq tomondan ikkinchisiga resurslar yoki majburiyatlarning berilishi.
Auditdagi amaliy ish mahorati – nomzodga auditor attestatini olish uchun da’vogarlik qilish huquqini beradigan va talab qilingan vaqt mobaynida ma’lum lavozimlarda ishlash natijasida olingan amaliy malakalar majmui.
Auditorlik tashkiloti – 1) faqatgina auditorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan va buning uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan tijorat tashkilotdir. 2) Auditorlik faoliyatini yuritadigan va jismoniy shaxs bo’lib, bir qator auditorlik faoliyatining maqsadlari uchun (agar boshqa hollar oldindan kelishilgan bo’lsa) auditorlik firmalari va mustaqil ishlaydigan auditorlarni birlashtiruvchi tushuncha.
Qayta tayinlangan auditorlik tashkiloti – mazkur xo’jalik sub’ekti buxgalteriya hisobotini o’z amaliyotida ilk bor audit qilayotgan auditorlik tashkilotdir. Bundan mazkur buxgalteriya hisobotini oldin audit qilinganmi yoki yo’qmi hamda mazkur auditorlik tashkiloti ushbu xo’jalik sub’ektiga oldin ham ko’rsatganligi ahamiyatgaega bo’lmaydi.
Auditorlik xulosasining o’zgarishi (modifikatsiyasi) – tushuntirish paragrafining qo’shilishi yoki ijobiy auditorlik xulosasida keltiriladigan farqli ravishda fikrni ifodalash ko’rinishida ifodalangan aniq namunaviy auditorlik xulosasi shaklining o’zgarishidir.
Tovlamachilik – o’zgalar mulkini talon-taroj qilish yoki aldov hamda ishonchni su’iste’mol qilish orqali birovlar mulkiga egalik qilish huquqini olish, mulkchilikka qarshi yo’nalgan iqtisodiy jinoyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |