Аудиторское заключение
-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI
Download 1.55 Mb.
|
Аудит укув кўлланма амалий, 2 13 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR
13-MAVZU: MAJBURIYATLAR AUDITI
Quyidagi atamalarga izoh bering: Debitorlik va kreditorlik qarzlari, kreditlar va ularni olish shartlari, xizmat safari uchun berilgan bo’naklar, xaridor va buyurtmachilar, mol etkazib beruvchilar, da’volar bo’yicha hisob-kitoblar, byudjet va byudjetdan tashqari fondlar, moddiy javobgar shaxslar, ta’sischilar bilan hisoblashishlar auditi. TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR Berilgan kreditlarni ta’minlanishini tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? Safar xizmatiga jqnatilgan xodimlar bo’yicha hisob-kitoblarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? Kredit va qarzlar bo’yicha muomalalarni tekshirish tartibi qanday amalga oshiriladi? Hisoblashish muomalalari qanday me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinib turiladi? Hisoblashish hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi qanday? Hisoblashish va kredit muomalalarni audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi manbalari bo’lib xizmat qiladi? Mol etkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy hususiyatlari mavjud? Berilgan va olingan avanslar bo’yichahisoblashishlar auditining qanaday asosiy hususiyatlari mavjud? Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Da’volar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlar mavjud? Byudjet bilan hisoblashishlar auditining qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Byudjetdan tashqari fondlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Mehnat haqi bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday xususiyatlari mavjud? Moddiy javobgar shaxslar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Moddiy zararlarni qoplash bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Ta’sischilar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Turli debitor va kreditorlar bo’yicha hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Sho’’ba korxonalar bilan hisoblashishlarni tekshirishning qanday asosiy xususiyatlari mavjud? Kreditlardan maqsadli foydalanishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 20. Korxonaning asosiy faoliyat turi - tibbiy xizmat ko’rsatish. Shuningdek korxona paynet orqali to’lovlarni qabul qilish xizmatlarini ham ko’rsatadi (10%). Paynet orqali to’lovlarni qabul qilish operatsiyalarini buxgalteriya hisobida qanday provodkalar bilan aks ettirsa bo’ladi? Yaqinda yangi ochilgan kichik korxonada to’lov terminalini o’rnatilgan. To’lov terminallarini qo’llash tartibi, undan foydalanishda rahbarning nimalarga e’tibor berishi va terminalni qo’llagan holda hisob-kitoblarni yuritish buxgalteriya hisobida qanday aks etitirladi? Xodimga hisoblangan ish haqining 1 foizlik miqdordagi jamg’arib boriladigan pensiya badali summasi daromad solig’idan olinadimi yoki daromad solig’idan tashqari summadan olinadimi?, Ushbu ajratmaning hisobi buxgalteriya o’tkazmalarida qanday amalga oshiriladi?, Jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlarini olish tartibi qanday?. Korxona Yunusobod tuman DSIda ro’yxatdan o’tkazilgan. Korxona Zangiota tumanida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasini xarid qilmoqchi. Qonunchilikka muvofiq, korxona erga egalik qilish huquqi olinganidan keyin 10 kun mobaynida sub’ektni Zangiota tuman DSIda hisobga qo’yishi lozim. Mazkur holatda, korxonada qanday soliq majburiyatlari yuzaga keladi?, Korxona, YAST to’lovchisi, er solig’i yoki qandaydir qat’iy belgilangan soliqni to’lashi kerakmi va uni qaysi tuman DSIga to’lashi lozim? Korxona 2021 yil 5 aprelda tashkil etilgan bo’lib, tashkil etilishidagi asosiy faoliyati gips va ohaktosh qazib olish etib belgilangan. Tuman hokimiyatining 24 apreldagi qarori bilan korxonaga noruda qazilma boylik (gips va ohaktosh) qazib olish uchun 5 ga er maydoni ajratildi. Qarorni qo’limizga olishimiz bilanoq hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kadastr xizmatiga bordik. Lekin kadastr xizmati xodimlari tarkibida noruda foydali qazilmasi bo’lgan er uchastkalari O’zbekiston Prezidentining 2.05.2021 yildagi PQ-1524-son qaroriga ko’ra ommaviy savdolar orqali berilishini aytib, er uchastkasini hujjatlashtirib bermagan, o’z navbatida, bu erdan foydalanish huquqi ham, litsenziya olish imkoniyatlari ham chippakka chiqdi. Korxona erni ommaviy savdoda xarid qilish uchun yangidan hujjat yig’a boshladik. Shunga qaramay, tuman davlat soliq inspektsiyasi xodimlari tuman hokimining qarori bilan bizga ajratilgan 5 ga er maydoni uchun soliq to’lashimizni talab qilib, hisob raqamimizga inkasso talabnomalari qo’yishgan. Soliq organining ushbu xatti-harakatlari to’g’rimi? Foydalanilmagan er uchun bizda soliq majburiyatlari yuzaga keladimi? Korxona joylashgan joyda ish haqi hisoblash uchun qonunchilikka muvofiq 1,2 tuman koeffitsienti belgilangan. Xodimlarga ish haqini uni hisobga olgan holda qanday qilib to’g’ri hisoblash mumkin - ish haqining butun summasini 1,2 ga ko’paytirish kerakmi yoki yo’qmi? Koeffitsient bo’yicha qo’shimcha haqqa soliq solinadimi? MCHJ asosiy faoliyati avtotransport vositalari uchun vaqtinchalik to’xtash joyi berish, undan tashqari do’konlardan er ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlarni ko’rsatadi. Jamiyat ustav fondida davlat ulushi yo’q. 2022 yilda jamiyatda 38317426 so’mlik xizmat ko’rsatildi. Shundan 26 226180 so’m avtomobillarni vaqtincha to’xtash joyidan, qolgan 12091246 so’mi ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlardan tushgan.Ushbu er ijara haqi va boshqa mayda pulli xizmatlardan tushgan tushumdan qanday soliq turlarini to’lash kerakligini tushuntirib bering. Jamiyat yagona soliq to’lovi to’lovchisi hamda ixtiyoriy ravishda qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi hisoblanadi. Jamiyat tomonidan 2021 yilda jami 690 453,1 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan bo’lib, shundan qo’shilgan qiymat solig’i bilan 440 421,6 ming so’mlik, qo’shilgan qiymat solig’isiz yagona soliq to’lovi hisobida 250 031,5 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. 2021 yilda asosan ikki buyurtmachi bilan shartnoma asosida ishlar bajarilgan bo’lib, birinchi pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan qo’shilgan qiymat solig’i bilan 440 421,6 ming so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan, F-Zlarda qo’shilgan qiymat solig’i ko’rsatilgan. Ikkinchi pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan 250 031,5 ming so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilgan bo’lib, ushbu ta’mirlangan sub’ekt tender asosida yutib olingan. Tender shartnomasida qo’shilgan qiymat solig’i ko’rsatilmagan hamda buyurtmachi bu soliqni to’lab bermagan. 2021 yil hisobotiga asosan, korxonaga tuman davlat soliq inspektsiyasi tomonidan qo’shilgan qiymat solig’i bilan bajarilgan ishlar uchun ham, qo’shilgan qiymat solig’isiz bajarilgan ishlar uchun ham qo’shilgan qiymat solig’i hisoblab, to’lab berasizlar deb talabnoma berilgan. Shu holat bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i qanday hisoblanadi? Korxona "BESH YOGOCH" dehqon bozorining Chilonzor shoxobchasida joylashgan edi. Toshkent shahar hokimining 2022 yil 12 iyundagi 491-son qaroriga asosan "Chilonzor shoxobchasi" bozori hududidagi binolar buzildi va bizga er ajratilishi haqida xat berildi. Korxonaning ish faoliyati vaqtincha to’xtaganligi haqida Chilonzor DSIga ma’lumot berdik.Shu munosabat bilan savol tug’iladi: Korxonaning ish faoliyati vaqtincha to’xtagan davrda ish haqi yozilmaganligi sababli ijtimoiy sug’urtaga 25% soliq to’lanadimi yoki yo’qmi? . 2022 yilning yarim yillik hisoboti topshirilgan edi, III chorak uchun hisobot ish faoliyati bo’lmagan holda qanday topshiriladi Korxona ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Biz o’tgan yili sug’urta kompaniyasi bilan 8 nafar xodimimizning hayotini uzoq muddatli sug’urtalash to’g’risida shartnoma tuzgandik. Shartnomaning amal qilish muddati 24 oydan iborat. Shartnomaga asosan korxona buxgalteriyasi sug’urta kompaniyasiga 820 ming so’m sug’urta mukofoti summasini o’tkazdi. Ana shu summadan soliq ushlanadimi va agar ushlansa, u buxgalteriyada qanday aks ettiriladi? Korxona ulgurji savdo faoliyati bilan shug’ullanib keladi. Korxona o’tgan yili sug’urta kompaniyasi bilan 8 nafar xodimimizning hayotini uzoq muddatli sug’urtalash to’g’risida shartnoma tuzgan. Shartnomaning amal qilish muddati 24 oydan iborat. Shartnomaga asosan korxona buxgalteriyasi sug’urta kompaniyasiga 820 ming so’m sug’urta mukofoti summasini o’tkazdi. Ana shu summadan soliq ushlanadimi va agar ushlansa, u buxgalteriyada qanday aks ettiriladi? Korxona xordimlariga kasallik varaqasi bo’yicha nafaqalarning miqdori qaysi hujjatda belgilangan? Mazkur nafaqa faqat maoshdan hisoblanadimi yoki mukofotlar ham hisobga olinadimi? Auditorlardan YAST to’lovchi MCHJ (XXTUT bo’yicha kodi 71150) da’vo muddati tugayotgan valyutadagi qarz bo’yicha kreditorlik qarzini hisobdan chiqarishga doir quyidagi masalalarga tushuntirish berishini so’radi: Valyuta qarziga doir qarzni faoliyat natijalariga hisobdan chiqarish uchun bizdan qanday hujjatlar talab qilinadi? Uni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalar qanday provodkalar bilan aks ettiriladi (hisob siyosatida kursdagi farq bo’yicha to’g’ri usulni qo’llayapmiz)? Qarz kiruvchi kurs bo’yicha hisobdan chiqariladimi yoki uni hisobdan chiqarish sanasidagi kurs bo’yichami?. 32. Korxona xorijiy kompaniya bilan kontrakt tuzdi. Xizmatlarining qiymati unda AQSH dollarida belgilangan. Korxona bilan hisob-kitobni ham chet ellik hamkor ana shu valyutada qiladi. Kontrakt shartlariga ko’ra 50% oldindan to’lanadi, qolgan qismi biz o’z majburiyatimizni bajargandan keyin kelib tushadi. - Korxona valyuta tushumini sotishi kerakmi? Qanday hollarda korxona uning hammasini qoldirishga haqli? - Xorijiy hamkor bilan yakuniy hisob-kitob chog’ida sotishni amalga oshirish mumkinmi? - Valyuta kelib tushishi va sotilishini hisobda qanday provodkalar bilan ko’rsatish kerak? 33. Korxona (yagona soliq to’lovi to’lovchisi) rahbarining qaroriga ko’ra da’vo bildirish muddati o’tganligi munosabati bilan materiallar etkazib beruvchi oldidagi 5 000,0 ming so’m miqdoridagi kreditorlik qarzi hisobdan chiqarilgan. Ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi va u qanday soliq oqibatlariga olib keladi? Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling