Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab etiladi
4-masala. Qurilish MCHJ ekspluatatsii maqsadlari uchun o‘z erida bino qurdi. Auditor qurilish bilan bog‘liq harajatlarni aks etiruvchi xujjatlarni oldi. Talab etiladi. Qurilish tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi dalillarni topish. 1. Mustaqil uchinchi shaxslardan hisobotda aks etgan harajatlarning to‘g‘riligi haqida tasdiq olish. 5-masala. “Zarina” MCHJ auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilayotgan vaqtda auditor tomonidan quyidagi dalillar yig‘ilgan edi: 1) MCHJ xodimi tomonidan tayyorlangan amaldagi harajatlarning taxlili; 2) MCHJ ixtiyorida aksiyalar mavjudligini tasdiqlovchi aksionerlar reestridan ko‘chirma; 3) auditor ishtirokida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasi bo‘yicha moddiy qiymatliklar inventarizatsiya dalolatnomasi. Talab etiladi. Dalillarni ularning muhimlilik darajasi bo‘yicha tartiblash. 6-masala. “SHaxzod” MCHJ 2019 yilda moliyaviy hisobotni tasdiqlash bo‘yicha xizmatlarni amalga oshirish uchun shartnoma tuzish taklifi bilan auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. MCHJ qimmatli qog‘ozlar bozorida 2015 yildan beri o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Faoliyatning 2015-2019 yillar uchun moliyaviy natijalari barqaror va yuqori. MCHJning moliyaviy hisobotini tekshirish jarayonida auditorlik tashkiloti bino qurilishiga qo‘yilgan kapital qo‘yilmalarning to‘g‘ri baholanganligini tasdiqlashi kerak. Talab etiladi. YAngi bino qurilishi qismida "Kapital qo‘yilmalar" moddasini tasdiqlayotgan vaqtda auditor qanday dalillarni olishi kerakligini aniqlash. 75 7-masala. “Diyor” MCHJ qurilish MCHJ tomonidan “Diyor” MCHJning ombor binolari atrofida joylashgan hududda ta’mir ishlarini amalga oshirish jarayonida etkazilgan zararni baholanishini aniqlash uchun xizmatlarni amalga oshirish bo‘yicha shartnoma tuzish taklifi bilan auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. Variantlar: 1. Ombor binolari atrofida joylashgan hududning ta’miri yong‘in kelib chiqishning sababi bo‘lgan. Bu yong‘in oqibatida butun moddiy qiymatliklar yonib ketgan. 2. Ombor binolari atrofida joylashgan hududning ta’miri suv bilan ta’minlash tarmoqlari shikastlanishining sababi bo‘lgan. Buning natijasida ombor binolarini suv bosgan va moddiy qiymatliklar ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun qisman yoki to‘liq yaroqsiz holatga kelgan. Talab etiladi: 1. Etkazilgan zararni baholanishini aniqlash uchun auditor qanday dallillarni yig‘ishi kerakligini aniqlash. 2. Auditor etkazilgan zararni baholanganligini qanday aniqlashi mumkin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling