Аудиторское заключение
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Audit fanidan masalalar to`plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talab qilinadi
8-masala. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining to‘g‘riligini tasdiqlovchi quyidagi auditorlik dalillari mavjud: Haqiqiy tekshirish vaqtida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish xajmini ko‘rsatuvchi inventarizatsiya ma’lumotlari 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal- orderlar 2810- «Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti bo‘yicha birlamchi hujjat va jurnal- orderlar. Auditorning o‘zi ishtirok etgan ishlab chiqarish zahiralarining inventarizatsiya ma’lumotlari. Topshiriq: Keltirilgan auditorlik dalillarini ishonchlilik darajasi bo‘yicha tizimga keltiring. 76 9-masala. Qurilish tashkiloti o‘ziga tegishli bo‘lgan er maydonida o‘z maqsadlarida foydalanish uchun bino qurdi. Auditor qurilish bilan bog‘liq xarajatlarni miqdorini aks ettiruvchi barcha hujjatlarni to‘pladi. Talab qilinadi: Qurilish tannarxining to‘g‘ri hisoblanganligini tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi auditorlik dalillarini topish. Hisobotda aks ettirilgan xarajatlarning to‘g‘riligini 3-shaxslardan olingan ma’lumotlar asosida tasdiqlash. 10-masala. «MUBINA» firmasini tekshirish jarayonida auditor quyidagi auditorlik dalillarini to‘pladi: 1) «MUBINA» firmasi xodimi tomonidan tayyorlangan haqiqiy xarajatlar tahlili; 2) «MUBINA» firmasiga tegishli bo‘lgan aksiyalar miqdori va mavjudligini tasdiqlovchi aksionerlar reestridan ko‘chirma; 3) Auditorning o‘zi ishtirok etgan tovar-moddiy zahiralar inventarizatsiyasi dalolatnomasi. Talab qilinadi: Ushbu auditorlik dalillarining ishonchlilik darajasini aniqlang. 11-masala. Auditor tomonidan kuyidagi auditorlik amallari bajarildi: 1) transport vositalarini ro‘yxatga olish hujjatlari tekshirildi; 2) transport vositalarini kabul qilishdagi birlamchi hujjatlar va dalalatnomalar tekshirildi; 3) transport vositalarining haqiqiy mavjudligi aniqlandi; 4) transport vositalarini sotgan mol etkazib beruvchilardan og‘zaki tasdiq olindi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling