Аудиторское заключение


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/140
Sana12.10.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1700217
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140
Bog'liq
Audit fanidan masalalar to`plami

 
3-masala. Auditning asosiy maqsadi — moliyaviy hisobotning natijalari 
bo‘yicha fikr ifoda etish maqsadida uni tekshirish. Bu tekshiruv ma’lum usul va 
metodlarni qo‘llashni talab etadi. 
Talab etiladi. YUqorida aytib o‘tilganlardan kelib chiqib, nega auditor 
quyidagi muolajalarni bajarishini tushuntirib berish: 


68 
1) ichki nazorat tizimini baholaydi; 
2) hisob yozuvlarini yuritish tizimini tekshiradi; 
3) xujjatlarni ularda aks etgan operatsiyalarning ruxsat etilganlik predmeti 
maqsadida tekshiradi; 
4) alohida nizomlarning tasdig‘ini (isbotini) izlaydi; 
5) muvofiqlikka oid testlarni bajaradi. 
4-masala. Auditorlik tekshiruvi jarayonida korxona yil oxirida birlamchi 
buxgalteriya hujjatlarini inventarizatsiya qilganligi, endi saqlash muddati 
tugaganligi munosabati bilan ularning bir qismini yo’q qilishni rejalashtirayotganligi 
aniqlandi. Auditorlardan korxona mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan bu borada 
quyidagicha savollar bilan murojaat qilindi: 
“Nima qilsak to’g’ri bo’ladi: qog’ozlarni arxivga saqlashga topshirish kerakmi 
yoki ularni yo’q qilish mumkinmi? Qanday hujjatlarni yo’q qilish mumkin? Bunday 
holda yo’q qilish dalolatnomasi qanday tuziladi, u qaysi shaklda bo’ladi va kim 
tomonidan tasdiqlanadi?” 
Talab qilinadi:
1. Auditorlar tomonidan korxona buxgalterlariga yuqoridagi holat bo’yicha 
qanday amaliy tavsiyalar yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim?
2. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan 
foydalanishi lozim; 
 
5-masala. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 23-moddasida 
buxgalteriya hujjatlari va moliyaviy ma’lumotlar kamida uch yil, moliyaviy hisobot 
esa qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida saqlanadi deyilgan. 
Buxgalteriya birlamchi hujjatlari, shu jumladan bank hujjatlari, omborxona kirim-
chiqim reestri va (kvitantsiya) to’lov pattalarini saqlash muddati necha yilni tashkil 
etadi? 
1. Tashkilotda jinoiy ish tugatilib, sud hukmi chiqqandan keyin hujjatlar qancha 
muddat saqlanadi? 


69 
2. Keyin tayinlangan tekshiruvda jinoiy ish tugatilgan davrdagi hujjatlarning talab 
qilinishi to’g’rimi yoki bunda sud hukmi etarli hisoblanadimi? 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling